Prezident maktab o‘quvchisiga shaxsiy telefoni va boshqa buyumlar sovg‘a qildi
13:54 / 18.12.2025
8.41k
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 17-dekabr kuni O‘sh viloyati Qora-Qo‘lcha tumaniga qarashli Koo-Chaty qishlog‘idagi “Aydin-Ko‘l” boshlang‘ich maktabining 4-sinf o‘quvchisi Nurzamon Almazbekov bilan uchrashdi.
Bu uchrashuvga ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan video turtki bo‘ldi. Videoda deyarli bir metr qalinlikdagi qor qatlamini kechib, qiyinchiliklarga qaramay maktab sari yo‘l olayotgan kichik yoshdagi o‘quvchi tasvirlangandi. Ushbu lavha esa prezident Sadir Japarov e’tiboridan chetda qolmadi va o‘quvchini shaxsan qabul qildi.
“Shunaqa yurib maktabga borganingni ko‘rib, bolaligim esimga tushdi. Men ham sening yoshligingda qalin qorlarni kechib maktabga borardim. Bizning qishlog‘imiz Keng-Suu edi — hozirgi kichik vatanim. O‘sha paytlari qor yarim metr, ba’zida hatto bir metrgacha yog‘ardi.
U paytda traktorlar yo‘q edi, yo‘llarni ochib beradigan texnika ham bo‘lmasdi. Shunaqa sharoitda sen kabi piyoda yurib maktabga borardik. Seni ko‘rib, o‘sha bolaligim esimga tushdi. Barakalla, bolam”, dedi prezident.
Prezidentning aytishicha, o‘sha yillarda qor ba’zan yarim metr, ba’zida esa bir metrga yetib qolgan, biroq bu holat bolalarning maktabga borishiga to‘sqinlik qilmagan.
O'zbek