Issiq ob-havo tufayli Qoraqalpog‘istonda bog‘chalar yopilmoqda
Ob-havoning keskin isib ketishi tufayli Qoraqalpog‘istonning ayrim shahar va tuman hokimlari qaroriga muvofiq ba’zi hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Nukus shahri va yana 8 tumandagi bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Qarorga muvofiq, davlat bog‘chalari quyidagi muddatlarda faoliyat yuritmaydi:
- Nukus shahri – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Amudaryo tumani – 2026-yil 13-iyuldan 15-iyulgacha;
- Beruniy tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Xo‘jayli tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Taxiatosh tumani – 2026-yil 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Shumanay tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Mo‘ynoq tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Qonliko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- To‘rtko‘l tumani – 2026-yil 13-iyuldan 17-iyulgacha.
“Bu qaror bolalarning sog‘lig‘ini issiq havoning ta’siridan himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining tegishli xulosalari hamda tavsiyalari asosida amalga oshirilmoqda.
Vazirlik ota-onalardan farzandlari salomatligiga alohida e’tibor qaratishni, kunning eng issiq vaqtlarida bolalarning ochiq havoda uzoq vaqt qolishiga yo‘l qo‘ymaslikni hamda zarur ehtiyot choralariga qat’iy rioya etishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar faoliyati ob-havoning +40 darajadan yuqori bo‘lishi sababli vaqtincha to‘xtatilgandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang