Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
2026-yilda 677 907 nafar abituriyent davlat oliygohlarida o‘qish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilar, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan abituriyentlar tashkil etdi.
Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi. Bunda test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafarni tashkil qilmoqda.
Bu raqamlarni o‘tgan, 2025-yil bilan solishtiradigan bo‘lsak, test sinovida qatnashish uchun 732 ming nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tganligini ko‘rish mumkin. O‘tgan yilgi raqamlarning o‘zi 2020-yildagi raqamlardan deyarli ikki barobar kam.
2011-yildan 2020-yilga qadar davlat oliygohlarida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar soni yildan-yilga oshib borgan. Masalan, 2011-yilda O‘zbekistonda 418 ming abituriyent davlat oliyhgohlariga hujjat topshirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda 1,48 million nafarga yetgan.
2011-2026-yillardagi abituriyentlar soni
- 2011-yil — 418 ming 598 nafar;
- 2012-yil — 432 ming 017 nafar;
- 2013-yil — 480 ming 407 nafar;
- 2014-yil — 543 ming 155 nafar;
- 2015-yil — 605 ming 836 nafar;
- 2016-yil — 663 ming 304 nafar;
- 2017-yil — 729 ming 950 nafar;
- 2018-yil — 675 ming 049 nafar;
- 2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
- 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
- 2021-yil — 948 ming 211 nafar;
- 2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
- 2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
- 2024-yil — 894 ming 279 nafar;
- 2025-yil — 732 ming 411 nafar;
- 2026-yil — 677 907 nafar.
O'zbek