Top.Mail.Ru
xalqtaliminfo

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Image

DMTT da Menejerlik sertifikati

Menejerlik sertifikatiga ega bo'lgan nomzodlarni qiynayotgan muammolar.

Копировать ссылку!

12:39 / 28.03.2026

В процессе

1. Nima uchun bir vazirlik (MMTV) tarkibidagi maktab direktorlari uchun tayinlov tizimi shaffof va tezkor, ammo DMTT (bog‘cha) direktorlari uchun "Kuzatuv kengashi" filtri sun’iy to‘siqqa aylanib qolgan?

2. Menejerlik sertifikati rahbarlik salohiyatingizni tasdiqlovchi oliy hujjat bo‘lsa-da, nima uchun tayinlov jarayonida u hal qiluvchi rol o‘ynamayapti?

3. DMTT da vaqtincha vazifa bajaruvchi bo'lgan DMTT lar nima uchun vakant sifatida e'lon qilinmay, yashirib kelinmoqda? Buning sababi sizningcha nima?

4. Siz kabi malakali mutaxassislarning Direktorlar kengashining oylab kutishga majbur qilinishi — qandaydur manfaatdorlik mavjudligi, tizimning kadrga bo‘lgan hurmatsizligi va ularning huquqlarining buzilishi emasmi?

5. Direktorlar kengashi yig‘ilishlarining aniq sababsiz va muddatsiz surilishi, mahalliy boshqarmalarda "tanish-bilishchilik" yoki boshqa manfaatlar borligidan dalolat bermaydimi?

6. Nega maktablarning 631-sonli buyrug'ida kuzatuv kengash yo'q.DMTT larning 531-sonli buyrug'ida esa kuzatuv kengash mavjud. Vaholanki bu kuzatuv kengashi har ikki tashkilotda ham mavjud. Bunga nisbatan qanday fikr bildirasiz?

7. Bu jarayonni buyruq va nizomlarini qayta ko'rib chiqish kerakmi aslida?