Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari ingliz tili o‘qituvchilari uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tgandi. Ammo, imtihonda qatnashgan pedagoglarning katta qismi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga, keyinroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga ham murojaat qilgandi.
Keyinroq, vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ingliz tili fani o‘qituvchilarni yuzma-yuz muhokama qilish uchun Markazga taklif qildi.
Shundan so‘ng, ingliz tili o‘qituvchilari nomidan vakil Hasanboy Rasulov, ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert Komil Jalilov, Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi direktori o‘rinbosari Sardor Raximboyev, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda bir qancha xorijiy ekspertlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilgan. Bu haqda Komil Jalilov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari vakillariga attestatsiyada ingliz tili o‘qituvchilariga berilgan test topshiriqlari bazasini tahlil qilish imkonini berilgan va ular barcha testlarni shaxsan o‘zlari birma-bir tahlil qilib chiqqan.
“Markaz bizga attestatsiyada ingliz tili o‘qituvchilariga berilgan test topshiriqlari bazasini tahlil qilish imkonini taqdim etdi. Adolat yuzasidan aytishim kerak: “eatable - edible” dan boshqa jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan test topshiriqlarini ko‘rmadim.
Ayrim (kam sonli) mujmalroq tuzilgan test topshiriqlarini ko‘rdim (va ular bo‘yicha o‘z fikrlarimni markaz vakillariga yetkazdim), lekin u test topshiriqlarida ham to‘g‘ri javob bor, ya’ni so‘ralayotgan narsani bilgan o‘qituvchi test topshirig‘iga javob bera oladi.
Masalan, tarix yoki ona tili o‘qituvchilarining sudgacha borishiga sabab bo‘lgani kabi muammolarni (xotirani tekshiradigan test topshiriqlari ulushi oshib ketishi yoki noto‘g‘ri javob variantining to‘g‘ri deb olinishi singari) holatlarni aynan ingliz tili test topshiriqlari bazasida ko‘rmadim”, - deydi Komil Jalilov.
“eatable - edible” keysi haqida
Ingliz tili o‘qituvchilariga attestatsiya test sinovida quyidagi mazmunda savol tushgan va u keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Which of the following is not a real word?
a) comparable B) tolerable C) eatable D) refundable
Vazirlik bu yerda C (eatable) variantini to‘g‘ri javob sifatida olgan bo‘lib, berilgan izoha ko‘ra, “eat” ga “-able” suffiksi qo‘shilsa, “edible” ko‘rinishini olishi kerak bo‘lgan.
Lekin, test topshirig‘ining (savolning) shartiga e’tibor berilsa, berilgan so‘zlarning qaysi biri real so‘z emas, ya’ni ingliz tilida mavjud emas, deb ko‘rsatilgan. “Eatable” so‘zi esa mavjud, real so‘z va lug‘atlarda qayd etilgan. Va lug‘atlarda hatto “eatable” va “edible” so‘zlarining ma’no farqlari berilgan: “edible” so‘zi “yesa bo‘ladigan, iste’mol qilish uchun yaroqli / xavfsiz” ma’nosini beradi, “eatable” so‘zi esa “yeyish uchun yaroqli, lekin ta’mi unchalik ham yaxshi emas”, ya’ni “chidasa bo‘ladi” ma’nosini beradi.
Ya’ni, ingliz tilidagi izohli lug‘atlarni tuzgan olimlarga ishoniladigan bo‘lsa, “eatable” ham real, ingliz tilida mavjud, lug‘atlarda qayd etilgan va ma’no jihatdan “edible” so‘zidan ozgina farq qiladigan so‘z.
Asos: Oxford lug‘ati, Cambridge lug‘ati, Longman lug‘ati, Collins lug‘ati, Marriam-Webster lug‘ati.
Demak, bu test topshirig‘ida to‘g‘ri javob mavjud bo‘lmagan va bu test topshirig‘i uchun pedagoglar bu test savoli uchun o‘qituvchilarga ball qo‘shib berilishi kerak, deb hisoblagan.
Test baholash shakli sifatida o‘qituvchi mahoratiga baho bera olmaydi
Komil Jalilovning aytishicha, fanni bilish va sinf bilan ishlash, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish - har xil narsalar hisoblanadi.
“To‘g‘ri, o‘z fanini bilish - o‘qituvchilikning birinchi muhim sharti, lekin o‘qituvchilik fanni bilishdan tashqari boshqa ko‘nikmalarni ham talab qiladi. Bu ko‘nikmalarni test yordamida baholash imkonsiz”, - deydi Komil Jalilov.
Ma’lum bo‘lishicha, bu safar ingliz tili o‘qituvchilari attestatsiyasida foydalanilgan test topshiriqlari qiyinlik darajasi yuqoriroq bo‘lgan - buni Markaz vakillari ham tan olishgan. Markaz mulozimlariga ko‘ra, o‘qituvchidan ishga kirish (ishda qolish) uchun B2 daraja talab qilinayotgani attestatsiyada hisobga olingan.
Test variantlariga nazariy bilimlarni (fonetika, sotsiolingvistika, pragmatika) bo‘yicha topshiriqlar kiritilgan. Bu ham natijalarga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
“Men, masalan, so‘ralgan nazariy bilimlarning hammasi ham o‘rta maktab o‘qituvchisiga kerak deb hisoblamayman. Markaz bilan umumiy xulosamiz shu bo‘ldiki, birinchi navbatda “biz o‘qituvchida qanday ko‘nikmalarni ko‘rishni istaymiz?” degan savol asosida spetsifikatsiyani takomillashtirish, kerak bo‘lsa jamoatchilik va mutaxassislar e’tiboriga havola qilib, keyin tasdiqlash va e’lon qilish kerak”, - deya fikr bildirgan Komil Jalilov.
Ta’lim masalalari bo‘yicha ekspertning ta’kidlashicha, matnlar bilan bog‘liq test topshiriqlari nisbatan qiyinroq bo‘lgan (B2 daraja va undan yuqori). Bu test topshiriqlarining ayrimlarida tekshirilgan ko‘nikmalar - muallifning maqsadini aniqlash, matnning tonini (uslubini) aniqlash, matn yaxlit bo‘lishi uchun matnni to‘ldiradigan gap tanlash, matndan fakt va fikrni ajratish) an’anaviy til ko‘nikmalari imtihonlarida (IELTS, CEFR singari) tekshirilmaydi. Ya’ni, o‘qituvchilarda bunday ko‘nikmalar (yetarlicha) shakllanmagan bo‘lishi mumkin. Bu ham o‘qituvchilar natijalariga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Umumiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili o‘qituvchilari attestatsiyasi atrofida yuzaga kelgan noroziliklar asosan test topshiriqlari mazmuni, ularning murakkabligi va baholash mezonlariga oid bo‘lgan. Ammo test bazasining batafsil o‘rganib, ochiq tahlil qilinishi shundan dalolat beradiki, unda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmagan, ayrim bahsli savollar esa ingliz tili o‘qituvchilari vakillariga izohi bilan to‘liq tushuntirib berilgan.
Shuningdek, tahlil jarayonida noto‘g‘ri tuzilgan test savollari aniqlangan bo‘lsa va buni Markaz vakillari tan oladigan bo‘lsa, ushbu savollar uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha ball qo‘shib berish masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Comments 24
Please register to comment!
News
When will the budget allocate funds for the fire safety of educational institutions?
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
From the new academic year, lawyers will also be allowed to teach at school.
Minister, journalists and deputies are conducting classes in schools
News on the topic
News
"The procedure for teacher certification will be revised" - Minister of Education of Kazakhstan
After the mass dissatisfaction of Kazakhstani teachers with the certification results, the Minister of Education acknowledged the mistakes and shortcomings.
Attestation
Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadagi o‘zgarishlarni aslida o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
News
Teachers' participation in the attestation appeal has been officially restricted
Now appeals will be considered without the participation of teachers. This procedure was canceled by Government Resolution No. VM-740 of November 26, 2025.
Вы спрашивали
Will a teacher lose their current category if they don't participate in the attestation by submitting an application?
I am a high-category physical education teacher. I submitted an application to participate in the extraordinary attestation for a 70% bonus, the minister's fund, and the title of "Teacher of the Year."
English
Edit your comment