Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
2025-yilda xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning ustozlariga jami 13 mlrd so‘m pul mukofoti topshirildi. Bu ko‘rsatkich eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalari tarixida rekord natija bo‘ldi.
Joriy yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan eng nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida jami 13 ta medalni (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza) qo‘lga kiritdi.
Xususan:
- Birlashgan Arab Amirliklarida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
- Avstraliyada 105 davlat qatnashgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
- Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokidagi Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
- Parij shahrida 96 davlat qatnashgan Xalqaro fizika olimpiadasida — 2 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.
Shuningdek, 2025-yilda o‘quvchilar 29 ta xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etib, jami 210 ta medalni (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza) qo‘lga kiritdi.
Taqqoslash uchun: 2019-yilda — 30 ta, 2020-yilda — 25 ta, 2021-yilda — 45 ta, 2022-yilda — 41 ta, 2023-yilda — 96 ta, 2024-yilda esa 128 ta medal qo‘lga kiritilgan.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Toshkent shahrida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 50 ta (7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasida esa 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam bo‘ldi.
E’tiborli jihati shundaki, joriy yilda ilk bor nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal sohibiga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti berilmoqda. Masalan, Daler Rahimov va Mirjahon Muhammadovga 1 mlrd 40 mln so‘mdan, ularni tayyorlagan ustoz Mohira Boltayevaga esa 591 mln so‘m mukofot puli berildi.
Ma’lumot uchun, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO, IChO, IBO, IPhO, IOI) sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagi miqdorda pul mukofoti belgilanadi:
- Oltin medal uchun — 1 mlrd 30 mln so‘m;
- Kumush medal uchun — 618 mln so‘m;
- Bronza medal uchun — 412 mln so‘m.
Ularning ustozlariga esa:
- Oltin medal uchun — 185 mln 400 ming so‘m;
- Kumush medal uchun — 103 mln so‘m;
- Bronza medal uchun — 61 mln 800 ming so‘m.
Joriy yilda g‘oliblarga ajratilgan mukofot puli 13 mlrd so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 3,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Comments 0
Please register to comment!
News
The education sector was recognized as one of the "leading" sectors in terms of the number of violation complaints.
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
The results of the national certificate exam have been announced.
Now the Minister will have a separate deputy for combating drug addiction.
News on the topic
News
2026-yilda O‘zbekiston ikkita xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi hamda 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
News
Uzbekistan excluded from the International Biological Olympiad
Uzbekistan was also removed from the list of IBO member states.
News
Uzbek students achieved the best result in the history of the International Chemistry Olympiad.
In total, the members of the national team won 2 gold, 2 silver, a total of 4 medals.
News
In two months, Uzbek students won 110 medals in subject Olympiads.
This was reported by the Ministry of Preschool and School Education.
English
Edit your comment