Top.Mail.Ru
Qalin qor qatlamini kechib, maktabga yo‘l olgan o‘qituvchi hikoyasi

The website texts are translated by Google, errors possible!

Qalin qor qatlamini kechib, maktabga yo‘l olgan o‘qituvchi hikoyasi

10:13 / 28.01.2026 1.66k

Ijtimoiy tarmoqlarda qalin qor qatlamini kechib, maktabga yo‘l olgan o‘qituvchi haqidagi videoni ko‘pchilik ko‘rib ulgurdi. Ushbu video jamoatchilik tomonidan ilq fikrlar bilan qarshi olindi.


Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Langar mahallasi tog‘li hudud bo‘lganligi uchun ham qor ko‘p yog‘adi, shu sababli aksariyat hollarda yo‘llar qor bilan qoplanadi. Qalin qor qatlami qoplagan yo‘ldan bir ayol maktab sari yo‘l oladi. Uning oldida turmush o‘rtog‘i qor oralab yo‘l ochib, ortidan esa 8-sinfda tahsil oluvchi qizi ham ergashadi. 


Albatta, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu video minglab insonlarni befarq qoldirmadi. Ammo, bu lavha oldindan rejalashtirilmagan, e’tibor qozonish uchun ham emas, shunchaki esdalik uchun olingan video edi. 


Videodagi qahramon ayol bilan xalqtaliminfo.uz suhbatlashib, ushbu voqea qanday yuz bergani va uning fikrlari bilan qiziqdi.

“Turmush o‘rtog‘im ham o‘qituvchi. O‘sha kuni turmush o‘rtog‘im oldinda, qordan yo‘l ochib ketayotgandi. Qizim esdalik uchun suratga oldi va dugonalarim jamlangan guruhda “bizda ham qor yog‘di” deb bu videoni dugonalar guruhiga ulashgandik”, - deydi Muyassar Mamadaliyeva. 

Shundan keyin uning dugonalari videolarni tarqatishgan. Keyinchalik esa video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, video ostida minglab izohlar yozib qoldirildi. Muyassar opa ularni o‘qiganini, aksariyati ijobiy bo‘lganini, faqat bitta fikr qalbiga og‘ir botganini aytdi.

“Kimdir bu ayol nimaningdir umidida shunday qilgan, deb yozibdi. Ammo mening maqsadim hech qachon shon-shuhrat yoki e’tibor emasdi”, - deydi u. 

Muyassar Mamadaliyeva 33 yildan buyon ta’lim sohasida xizmat qiladi, oliy toifali pedagog, tarix fanidan milliy sertifikat sohibasi.  



Turmush o‘rtog‘i Muzaffar Ikromov ham shu maktabda fizika va informatika fanidan dars beradi. Ular haqiqiy pedagoglar oilasi. To‘rt nafar farzandni tarbiyalayotgan bu oilada ilm, mehnat eng oliy qadriyat hisoblanadi.


Eng asosiysi, mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, Muyassar opa bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova shaxsan o‘zi suhbatlashgan. 


Unda maktabga qatnov masalalari, ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning holati, shuningdek, vazirlik tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan amaliy yordam masalalari yuzasidan suhbatlashishgan. 

“Vazirimiz E’zoza Karimova shaxsan o‘zlari men bilan bog‘landilar. Navoiy viloyatiga kelganida albatta bizning maktabga ham tashrif buyurishini aytdi”, -  deydi o‘qituvchi.

Ayni vaqtda jamoatchilik tomonidan Muyassar Mamadaliyeva “ta’lim fidoyisi”, “bunday ustozlarga ofarin”, “qahramon ayol”, “haqiqiy pedagog”, “fidoyi ustoz”, “vijdonli o‘qituvchi”, “millat kelajagi uchun xizmat qilayotgan inson” kabi iliq fikr va e’tirof  bilan ta’riflashmoqda.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Umirov Muzaffar

Umirov Muzaffar

Reporter

Tegs

  • A letter from the teacher
  • Ezoza Karimova

Share