Top.Mail.Ru
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi

The website texts are translated by Google, errors possible!

Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi

18:00 / 01.06.2026 68

Joriy yil 1-iyundan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida qabul jarayonlari har yili iyun–sentyabr oylarida o‘tkaziladi.

Ma’lumki, davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalarni o‘qishga qabul qilish faqat imtihon natijalari asosida amalga oshiriladi. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish esa har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

Xususiy oliygohlar orasida Profi University talabalarni kirish imtihoni orqali qabul qiladigan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi. Abituriyentlar mazkur oliygohga o‘qishga qabul qilinishi uchun universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilangan quyidagi ballarni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi:


Stomatologiya — 100 ball

Davolash ishi — 100 ball

Iqtisodiyot — 80 ball

Axborot tizimlari va texnologiyalari (IT) — 80 ball

Ingliz tili filologiyasi — 80 ball

Turizm va mehmondo‘stlik — 70 ball

Bank ishi — 80 ball

Pedagogika — 70 ball

Psixologiya — 80 ball

Buxgalteriya va audit — 80 ball

Marketing — 80 ball

Rus tili va adabiyoti — 70 ball

O‘zbek tili — 70 ball

Maktabgacha ta’lim — 60 ball

Boshlang‘ich ta’lim — 70 ball


E’tiborlisi, oliygohlarga qabul jarayonlari endigina boshlangan bo‘lsa-da, ayrim xususiy universitetlarda abituriyentlar soni ming nafardan oshmoqda. Bu esa yoshlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan talabi yuqoriligini hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalari ta’lim bozorida tobora muhim o‘rin egallab borayotganini ko‘rsatadi.

Masalan, Profi University’da bugun bo‘lib o‘tgan kirish imtihonida 1 158 nafar abituriyent ishtirok etdi. Qabul natijalari esa imtihon yakunlari e’lon qilingach ma’lum bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilgi qabul jarayonida Profi University kirish imtihonlarida 42 649 nafar abituriyent qatnashgan bo‘lsa, ulardan 7 831 nafari talabalikka tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab har bir nodavlat oliy ta’lim muassasasi uchun qabul parametrlarining eng yuqori ko‘rsatkichi belgilangan. Kvotalar universitetlarning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati hamda o‘quv-dasturiy ta’minotidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha talabalar qabuliga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘qishga qabul faqat akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilishi shart.

Qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar har yili 1-oktyabrdan kechiktirmasdan HEMIS axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Nodavlat OTMlarda talabalarning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, o‘qishdan chetlashtirish hamda bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish tartibi davlat oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Profi University faoliyatini amaldagi litsenziya asosida amalga oshiradi. Universitet Toshkent shahridagi Bektemir va Beruniy kampuslari hamda Navoiy viloyatidagi filiali orqali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, uning ilmiy salohiyat darajasi 38 foizni tashkil etadi.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • Based on ad rights
  • Higher education

Share