Top.Mail.Ru
Xalqtaliminfo.uz sayti internet jurnalistikasi yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Xalqtaliminfo.uz sayti internet jurnalistikasi yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

19:17 / 15.08.2024 716

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida an’anaviy “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.



Unda bosma nashrlar, televideniye, radio, internet jurnalistikasi, shoir va yozuvchilarning badiiy asarlari, rassom va dizaynerlarning ijodiy ishlari sarhisob qilindi.


Tanlov hay’ati a’zolari bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari, internet jurnalistikasi, publitsistik janrdagi kitoblar, yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, tasviriy san’at, foto va dizayn ishlari bilan tanishib chiqib, g‘olib va sovrindorlar nomini aniqladi.


Sarhisob natijalariga ko‘ra, xalqtaliminfo.uz sayti “Internet jurnalistika ishlari” nominatsiyasida Farg‘ona viloyati miqyosida 1-o‘ringa loyiq deb topildi.


Shundan so‘ng, xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori Ulug‘bek Po‘latov saytda e’lon qilingan materiallar uchun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tomonidan I darajali diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Internet saytimiz va mening jurnalistik faoliyatim e’tirofi katta motivatsiya berdi. Bundan ruhlanib, internet nashrimiz yoniga ta’lim yo‘nalishidagi jurnal ham tashkil etaman”, – deydi internet jurnalistikasi nominatsiyasi g‘olibi xalqtaliminfo.uz sayti rahbari Ulug‘bek Po‘latov.  

Ma’lumot uchun: Ayni vaqtda xalqtaliminfo.uz sayti Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda, tahririyatning yuridik manzili esa Farg‘ona viloyatida joylashgan.

Izohlar 4

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Tahririyat yutug'i

Ulashish