Top.Mail.Ru
Biz haqimizda
line

Biz haqimizda

Biz haqimizda qisqacha

Sayt haqida
xalqtaliminfo.uz sayti O‘zbekistondagi ta’limga ixtisoslashgan onlayn nashrlardan biri hisoblanadi. Sayt asosan O‘zbekiston va jahon ta’limda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berib boradi. 

Shuningdek, sayt o‘z oldiga ta’lim tizimiga oid tahliliy maqolalar, muammoli savollarga javob berib borishni maqsad qilgan. Saytning facebook, instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda, YouTube platformasida shuningdek, telegram messenjerida @xalqtaliminfo nomli kanali mavjud.

Sayt OAV sifatida 2023-yil 16-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan ro‘yxatdan o‘tgan. Loyiha muassisi “MEDIA MAORIF” MCHJ. Sayt O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib boruvchi davlat va jamoat tashkilotlari bilan qonunda belgilangan tartibda hamkorlik o‘rnatgan holda ish olib boradi.

Loyiha asoschisi haqida
“Xalq ta’limi Info” loyihasiga 2018-yilda Ulug‘bek Po‘latov tomonidan asos solingan. Ulug‘bek Po‘latovning mutaxassisligi pedagog bo‘lib, bakalavriyatning “Tarix” yo‘nalishini, “Ta’lim menejmenti”ning magistratura bosqichini tamomlagan.

Faoliyati mobaynida davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, yoshlar yetakchisi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Profi University pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda “Xalq ta’limi Info” tahririyati direktori. Loyiha ta’lim tizimidagi muammolarni tahlil qilish, ularga yechim berish hamda ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Sayt materiallaridan foydalanish shartlari
xalqtaliminfo.uz sayti tahririyati mavjud qonunchilikka ko‘ra saytda nashr etilgan, qoidalar asosida ko‘chirib bosilgan ma’lumotlar asosliligi uchun (manbasi ko‘rsatib yozilganligi evaziga) javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Saytda nashr qilingan maqola yuzasidan, uning muallifi va sayt tahririyatining fikri bir xil bo‘lmasligi mumkin. xalqtaliminfo.uz saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanishga saytga giperhavola mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Materiallardan foydalanishda, sayt nomini (muallifini) berilayotgan materialning birinchi yoki uchinchi qatorigacha bo‘lgan hududda taqdim etish so‘raladi. Masalan, “Bu haqda xalqtaliminfo.uz sayti xabar berdi”.

+99877-267-12-52 maorif_2023@mail.ru
line

Bizning hamkorlar