Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
Joriy yilning 16-17-yanvar kunlari “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlov ikki bosqichda (test sinovi va suhbat) asosida tashkil etiladi.
Test sinovlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi
Andijon viloyati (16–17-yanvar)
Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi Andijon shahri, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy (mo‘ljal: sobiq Leninskiy ko‘chasi)
Buxoro viloyati (16-yanvar)
Buxoro shahridagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Buxoro shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy (mo‘ljal: Sharq, sobiq Pedagogika kolleji binosi)
Jizzax viloyati (16–17-yanvar)
Jizzax shahar 4-sonli umumta’lim maktabi Jizzax shahri, “Kimyogar” MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 45-uy (mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi)
Qashqadaryo viloyati (16–17-yanvar)
Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Qarshi shahri, Olimlar ko‘chasi, 2-uy (mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti)
Navoiy viloyati (16-yanvar)
Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy (mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida)
Namangan viloyati (16–17-yanvar)
Namangan shahar 15-sonli umumta’lim maktabi Namangan shahri, “G‘ishko‘prik” MFY, Uychi ko‘chasi, 329-uy (mo‘ljal: Chorsu bozori)
Samarqand viloyati (16-yanvar)
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy (mo‘ljal: viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi binosi)
Sirdaryo viloyati (16-yanvar)
Guliston shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh ko‘chasi, 55-uy (mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i)
Surxondaryo viloyati (16-yanvar)
Termiz shahar 26-sonli umumta’lim maktabi Termiz shahri, “Kattabog‘” MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh (mo‘ljal: “Yashil dunyo” bozori)
Farg‘ona viloyati (16–17-yanvar)
Farg‘ona shahar 28-sonli umumta’lim maktabi Farg‘ona shahri, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-A uy (mo‘ljal: Chery avtosaloni)
Xorazm viloyati (16-yanvar)
Urganch shahar 17-sonli umumta’lim maktabi Urganch shahri, “4-Yuqori bog‘” mahallasi, Maxtumquli ko‘chasi, 229-a uy (mo‘ljal: Omad to‘yxonasi / Omad bowling)
Toshkent shahri (16-yanvar)
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy (mo‘ljal: “Tinchlik” metro bekati, IMZO firmasining eski binosi)
Toshkent viloyati (17-yanvar)
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy (mo‘ljal: “Tinchlik” metro bekati, IMZO firmasining eski binosi)
Test imtihoni vaqtida nazoratchi tomonidan qoidabuzarlik aniqlaganda, nomzod testdan chetlashtiriladi va natijasi bekor qilinadi. Bunda alohida ta’limga ehtiyoji bor talabgorlar uchun qo‘shimcha (15 foiz) vaqt beriladi.
Shuningdek, ko‘rishda imkoniyati cheklangan talabgorlarga savollarni o‘qib berish uchun maxsus texnik yordamchi bilan kelishiga ruxsat etiladi.
Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish, oliygohlarga yo‘naltirish, loyiha, trening va tarmoq to‘garaklarini tashkil etish, sohaga doir istiqboldagi rejalari va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish va ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalari baholanadi.
Suhbat bosqichida talabgorlarga 5 ta savoldan iborat bilet tanlash imkoni beriladi va unga tayyorlanish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi (zarurat tug‘ilsa, suhbat davomida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin).
Eslatib o‘tamiz, maktab maslahatchisi lavozimi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 300 nafargacha bo‘lganda 0,5 birlikdan, 301 nafar va undan ortiq bo‘lganda 1,0 birlikdan miqdorlarda kiritiladi.
Ma’lumot uchun: Maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi, test va suhbat bosqichi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun “Ta’lim tahlili” ko‘rsatuvining 2-sonini tomosha qilishingiz mumkin.
Комментарии 11
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
С завтрашнего дня начинается процесс собеседования на должность школьного консультанта.
С нового учебного года в Навои могут открыться классы искусственного интеллекта
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydi
В Самарканде выявлен случай незаконного религиозного образования
Тематические новости
Новости
С завтрашнего дня начинается процесс собеседования на должность школьного консультанта.
С 12 февраля текущего года будут проводиться собеседования на должность школьного консультанта в общеобразовательных школах центров "Келажак."
You asked
Maktab maslahatchisi lavozimiga ariza topshirolmaganlar nima qilsa bo‘ladi?
Men maktab maslahatchisi lavozimiga ishga o‘tmoqchi edim. Lekin ariza topshirishga ulgurmay qolgandim. Endi nima qilsam bo‘ladi?
Новости
Должность консультанта в младших школах устанавливается в размере 0,5 ставки.
Приказом Министра дошкольного и школьного образования No 431 от 18 ноября 2025 года приказ Министерства народного образования No 406 от 28 декабря 2019 года был пересмотрен.
You asked
Всех заместителей директора увольняют, это правда?
Увольнение всех заместителей директоров в образовательных учреждениях противоречит законодательству.
Русский
Редактировать комментарий