Top.Mail.Ru
xalqtaliminfo
Image

Til va adabiyot ta'limida baholashning ta'lim samaradorligiga ta'siri

Mazkur so'rovnoma PhD tadqiqoti doirasida yaratilgan bo'lib, tadqiqotning maqsadi ona tili va adabiyot fanlarini o'qitishda qo'llanilayotgan baholash usullarining ta'lim samaradorliga ta'sirini o'rganish hamda ta'lim samaradorligini oshirishi mumkin bo'lgan baholash usullarini taklif qilishdan iboratdir. So'rovnoma umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tizimlarida (maktab, litsey) faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. So'rovnomada qatnashish ixtiyoriy va so'rovnoma yordamida yig'ilgan ma'lumotlar faqat ilmiy ish doirasida umumlashtirilgan holda ishlatiladi. Shaxsingizni oshkor qilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar yig'ilmaydi va oshkor qilinmaydi. Hurmatli ustoz! Tadqiqot muallifi so'rovnomani to'ldirish uchun bir oz vaqtingizni ayamasligingizni iltimos qiladi va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.

Havolani nusxalash!

10:08 / 27.12.2024

Jarayonda

1. Yoshingiz:

2. O'qituvchi sifatida tajribangiz:

3. Qaysi fan(lar)dan dars berasiz?

4. Qaysi turdagi ta'lim muassasida ishlaysiz?

Agar bir paytning o'zida bir necha turdagi ta'lim muassasasida ishlasangiz, bir nechta mos javobni tanlashingiz mumkin.

5. Qaysi hududda faoliyat olib borasiz?

6. Ona tili darslarida o'quvchilarni baholashda ko'proq nimalarga e'tibor berasiz?

Bir nechta javob variantini tanlashingiz, shuningdek, o'z javobingizni kiritishingiz mumkin. Agar siz ona tilidan dars bermasangiz (faqat adabiyotdan dars bersangiz), bu savolni qoldirib ketishingiz mumkin.

7. Adabiyot darslarida o'quvchilarni baholashda ko'proq nimalarga e'tibor berasiz?

Bir nechta javob variantini tanlashingiz, shuningdek, o'z javobingizni kiritishingiz mumkin. Agar siz adabiyotdan dars bermasangiz (faqat ona tilidan dars bersangiz), bu savolni qoldirib ketishingiz mumkin.

8. O'quvchilarni baholashda ko'proq qaysi usullardan foydalanasiz?

Iltimos, o'z faoliyatingizda eng ko'p qo'llaydigan uchta usulni belgilang. Agar siz eng ko'p qo'llaydigan usullar ushbu ro'yxatda bo'lmasa, o'z javobingizni kiritishingiz mumkin.

9. O'quvchilarni baholash uchun qo'llaniladigan materiallarni (test topshiriqlari, yozma ish mavzulari, loyiha mavzulari va hokazo) qaysi manbalardan olasiz?

Agar turli manbalardan olsangiz, bir nechta javob variantini tanlashingiz mumkin.

10. Sizning kuzatishlaringiz bo'yicha, hozirda qo'llanilayotgan baholash usullari fanni o'qitish samaradorligiga qanday ta'sir qilmoqda?

Iltimos, javob variantini tanlagandan keyin javobingizni qisqacha tushuntiring.

11. Nazorat ishidan (baholashdan) keyin o'quvchilaringizga o'z yutuqlari va ishlash kerak bo'lgan o'rinlari haqida individual ma'lumot (fidbek) berasizmi?

Fidbek (feedback) - o'quvchilarga o'z ishlarining yutuq va kamchiliklari haqida beriladigan ma'lumot. Masalan: "yozma ishingda grammatik va leksik xatolar yo'q, lekin gaplarni bir-biriga bog'lash va matn tuzilishida xatolarga yo'l qo'yilgan".

12. Nazorat ishidan (baholashdan) keyin o'quvchilar xatolarga yo'l qo'ygan mavzularga (qoidalarga, tushunchalarga, kompetensiyalarga) qaytib, ular ustida ishlaysizmi?

13. Siz dars beradigan fanda baholash orqali ta'lim samaradorligini oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa, buning uchun nimalarni o'zgartirish kerak deb o'ylaysiz?

Iltimos, qisqacha javobingizni yozing.

14. Tadqiqot doirasida intervyu va tajriba-sinov bosqichlari ham rejalashtirilgan. Agar siz intervyuda va (yoki) tajriba-sinovda qatnashmoqchi bo'lsangiz, iltimos, siz bilan bog'lanish uchun kontakt ma'lumotlaringizni (telefon raqami, Telegram akkaunt yoki elektron pochta) qoldiring.

Qoldirgan ma'lumotlaringiz faqat so'rovnoma muallifiga ko'rinadi va uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi. Siz istalgan paytda intervyu berishni yoki tajriba-sinovda qatnashishni rad qilishingiz mumkin.