Top.Mail.Ru
2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida Przidentning PF-134-sonli Farmoni

2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida Przidentning PF-134-sonli Farmoni

Sana: 11.05.2022
Hajmi: 721.10kb
UZ RU EN



[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

Oldingi tahrirga qarang.

2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida

(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta’limi muassasala