Top.Mail.Ru
Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni

Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni

Sana: 26.05.2023
Hajmi: 869.59kb
UZ RU EN



[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha ta’lim agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning xususiy sektorga o‘tkaziladigan funksiyalari ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1 — 4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5 — 9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi;

umumiy o‘rta ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik majmualarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi ta’minlanadi;

bilimni baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari baholanadi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, o‘rta sinflarda esa o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi;

barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.

3. Belgilansinki, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida:

a) 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi. Bunda:

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi;

stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi;

b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:

malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda –– pedagogik mahorati baholanadi;

malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi;

moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmaydi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytiriladi;

v) 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;

g) pedagog kadrlarning “elektron portfoliosi” shakllantirib boriladi va unga o‘qituvchilarning malaka darajasi, kasbiy rivojlanish natijalari va pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari kiritiladi;

d) ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi;

e) 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2023-yil 1-sentabrdan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan Direktorlar kengashlari tuziladi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda –– hududiy boshqarmalar) tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;

b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini har besh yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) 2023-yil 1-dekabrga qadar hududiy boshqarmalarning boshliqlariga shartnomaviy-huquqiy asosda maslahatchi sifatida xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin.

Belgilansinki:

hududiy boshqarmalar boshliqlarining xorijiy maslahatchilariga Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislariga nisbatan joriy etilgan mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llaniladi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi hamda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatish uchun jalb qilingan xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

6. Quyidagilar bekor qilinsin:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari lavozimiga kadrlarni tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi.

7. Belgilansinki:

a) nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, sohada litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:

nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;

nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi;

b) sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan tizim tashkilotlarida ish jarayonini raqamlashtirish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bola tug‘ilganidan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining har o‘quv yili uchun qabul rejasi “my.maktab.uz” elektron platformasida shakllantiriladi.

8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:

“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablarini tashkil qilsin, ularda kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘rgatish to‘garaklarini, shuningdek, kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklarni tashkil qilsin;

“Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro imtihonlarga tayyorlovchi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.

9. Budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish maqsadida:

2023-yil 1-iyuldan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib davlat maktabgacha va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun ham tatbiq etilsin;

2024-yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshirilsin.

10. Quyidagilar:

faoliyati tugatilgan Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasidagi mavjud mablag‘larning 100 foizi –– Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga, mol-mulklari –– operativ boshqaruv huquqi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga;

faoliyati tugatilgan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining bino va inshootlari tegishli mol-mulki bilan birga –– operativ boshqaruv huquqi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga muvofiq faoliyati tugatilgan Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basining vazifalari va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilsin.

Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish sho‘balari faoliyati Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

14. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova, maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari –– Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.V. Shin hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A.T. Ubbiyev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 26-may,

PF-79-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga
1-ILOVA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari

Quyidagilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

a) maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash;

b) o‘quv va tarbiya jarayoniga xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;

v) o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish hamda yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish;

g) iqtidorli yoshlarni aniqlash, saralab olish va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash;

d) pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish va baholash, maqomi hamda obro‘sini mustahkamlash, ularning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi, shuningdek, ijtimoiy muhofaza qilinishini tashkil etish;

e) maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada qo‘llab-quvvatlash, uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

j) maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va mazkur sohalardagi davlat xizmatlarini kengaytirish;

z) maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim (shu jumladan, chet tillarini o‘rgatish) sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotlar tomonidan sifatli ta’lim berilishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga
2-ILOVA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar

DASTURI

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar

Amalga oshirilayotgan tashkiliy o‘zgarishlarga oid qoidalar va izohlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi.

Negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tashkil qilinmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalaridagi metodistlarga Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalaridagi metodistlar uchun amalda bo‘lgan bazaviy tarif stavkalari qo‘llanadi.

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi.

3.

Prezident ta’lim muassasalari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari.

4.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatilmoqda.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash hamda o‘quvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati tugatiladi.

Bunda, Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilib, Davlat budjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.

5.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi etib qayta nomlanmoqda.

Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari ularning nizomi tasdiqlanguniga qadar o‘z faoliyatini amaldagi tartibga muvofiq amalga oshiradi.

Zarur hollarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish hamda tizim xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasidan zarur mablag‘larni jalb qilishga ruxsat etiladi.

6.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari.

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari etib qayta nomlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga
3-ILOVA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashkiliy tuzilmasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Respublika ta’lim markazi

A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti

“Boshlang‘ich ta’lim” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Til va adabiyot ta’limi”, “Prepodavaniye yazika i literaturi”, “Language and literature teaching” jurnallari tahririyati” davlat korxonasi, “Ma’rifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyati, “Xalq ta’limi” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati, “Klass” gazetasi tahririyati, “G‘uncha” jurnali tahririyati, “Gulxan” jurnali tahririyati

“Ta’minot va logistika xizmati” DUK

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning huzuridagi akademik litsey, Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi (kutubxona), Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Namangan va Xo‘jayli xizmat ko‘rsatish va servis texnikumlari, Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali

“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MChJ, “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MChJ

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi

A.P. Xlebushkina nomidagi 22-son “Mehribonlik” uyi, “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi, “Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohi

“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi

Respublika bolalar kutubxonasi

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi, Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi

Respublika o‘quvchi yoshlar markazi

 

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi

Maktabgacha ta’lim agentligi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari

 

Hududiy boshqarmalar tasarrufidagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ta’lim markazi

“Mehribonlik” uylari, bolalar kutubxonalari

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga
4-ILOVA

Maktabgacha ta’lim agentligining tashkiliy tuzilmasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha ta’lim agentligi

“Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” MChJ

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

“Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari

Jahon Banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi

Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali

Eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari

Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti

“Ilk Qadam” (IQ) jurnali tahririyati” DUK

Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi

Pedagogika kollejlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga
5-ILOVA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

 

Ixtisoslashtirilgan maktablar

Ijod maktablari

Prezident maktablari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ma’muriy markazlari, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lardagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Pedagogik mahorat va xalqar baholash ilmiy-amaliy markazi

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari

 

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga
6-ILOVA

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha

yo‘l xaritasi

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Maktabgacha va maktab ta’limi sohasini takomillashtirish

1.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatni olib borish huquqini beradigan kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan talabgorlarning bir yil muddat davomida stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishini;

stajor-o‘qituvchiga oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llanishini;

stajor-o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini;

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshqa pedagog kadrlarini ham kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazishni nazarda tutish.

2023-yil 1-noyabr

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2.

Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablarni xalqaro baholash mezonlari asosida takomillashtirish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti” baholash mezonlarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-sentabr

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

2. Nodavlat va davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalash tartibini “Zamonaviy maktab” hamda “Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti” baholash mezonlariga moslashtirish.

2023-yil 1-oktabr

3. Hisobot yilida baholanadigan nodavlat va davlat maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil 1-noyabr

4. Baholangan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish.

har o‘quv yili yakunida

5. I-II darajali “Zamonaviy maktab” va “Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti” maqomini olgan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlarini mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan bir martalik rag‘batlantirishni tashkil etish.

har yil yakunida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari ishtirokida pedagogik ta’lim tadqiqot maydonchasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Universitetga Toshkent shahrida joylashgan kamida 5 tadan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini biriktirish.

2024-yil 1-sentabr

Toshkent davlat pedagogika universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

2. Biriktirilgan ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash imkoniyatini beradigan tajriba-sinov maydonini yaratish.

2024-yil davomida

4.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini takomillashtirish.

Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Bunda nizomda:

maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan mahalliy va xorijiy mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etish huquqini berish;

zarur hollarda, maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish hamda tizim xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasidan Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga mablag‘lar jalb qilish nazarda tutiladi.

2023-yil 1-sentabr

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

II. Ta’lim dasturlari mazmunini va pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

5.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xalqaro talablar asosidagi xorijiy darsliklarni joriy qilish.

1. NACNETTE LIVRE GROUP guruhining “Passe-Passe”, “Décibel” va “L'atelier” darsliklarini xarid qilish va amaliyotga joriy qilish.

2. Kembridj nashriyotining “ICT Starters”, “IGCSE ICT” va “International AS and A Level IT” darsliklarini chop etish.

2024-yil 1-yanvar

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

6.

Maktabgacha va boshlang‘ich maktab ta’limi uzviyligini ta’minlash maqsadida “6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi” maxsus elektron platformasini joriy qilish.

1. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi” maxsus elektron platformasini joriy qilish.

2023-yil 1-dekabr

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar