Shavkat Mirziyoyev BMTda ham ta’lim masalasini ko‘tardi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Prezident o‘z nutqida pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi.
“…So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishdik. Bunga, avvalo, ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirish, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etish, yashil energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirish va natijada millionlab ish o‘rinlarini yaratish orqali erishmoqdamiz.Shuningdek, prezident mamlakatlar o‘rtasida raqamli rivojlanish va sun’iy intellektdan foydalanishda tengsizlikning oldini olish juda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yechimlari va modellarini beg‘araz almashishga qaratilgan xalqaro hamkorlik mexanizmini yaratishni taklif etdi. U o‘z nutqi davomida yoshlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tib, jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizgacha oshdi. Yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi, o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqdamiz.
Pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Yoshlarimizning qalbiga va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat bilan oliyjanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir. Bu borada jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari suramiz”, - dedi prezident.
Comments 0
Please register to comment!
News
Another student from Uzbekistan won a 100 percent grant to Harvard University.
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
The director, who involved students in the improvement of the school grounds, was fined 20 million soums.
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
News on the topic
News
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
News
Minister, journalists and deputies are conducting classes in schools
The Ministry of Preschool and School Education is actively involving ministers, representatives of the general public, including heads of local authorities, heads of preschool and school education of regions, districts (cities), journalists, bloggers, and philologists to conduct "Kelajak soati" lessons.
News
Gulnara Karimova's confiscated funds will be used for the repair of rural schools.
20 million dollars of Gulnara Karimova's confiscated money in Switzerland will be allocated to improve educational opportunities.
News
Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar bilan bo‘lib o‘tayotgan muloqoti chog‘ida maktab o‘quvchilari olgan sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.
English
Edit your comment