Shavkat Mirziyoyev BMTda ham ta’lim masalasini ko‘tardi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Prezident o‘z nutqida pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi.
“…So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishdik. Bunga, avvalo, ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirish, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etish, yashil energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirish va natijada millionlab ish o‘rinlarini yaratish orqali erishmoqdamiz.Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizgacha oshdi. Yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi, o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqdamiz.Pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va faroonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Yoshlarimizning qalbiga va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat bilan oliyjanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir.
Bu borada jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari suramiz”, - dedi prezident.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
Yangiliklar
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Kelajak soati” darslarini o‘tish uchun vazirlar, keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, mahalliy hokimiyat rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalist, bloger, hamda filologlarni faol jalb qilmoqda.
Yangiliklar
Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi
Shveysariyada musodara qilingan Gulnora Karimova pullarining 20 mln dollari ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi.
Yangiliklar
Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar bilan bo‘lib o‘tayotgan muloqoti chog‘ida maktab o‘quvchilari olgan sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang