Ulug'bek Po'latov
Loyiha asoschisiPo‘latov Ulug‘bek Shavkat o‘g‘li — 1992-yil 18-dekabrda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi pedagog. Farg‘ona davlat universitetining “Tarix (mamlakatlar va mintaqalararo)” fakulteti bakalavriyat bosqichini, Oriental universitetining “Ta’lim menejmenti” magistratura bosqichini tamomlagan.
Faoliyati mobaynida davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, yoshlar yetakchisi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, shuningdek Toshkent shahridagi “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Profi Universitetining pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda “Xalq ta’limi Info” tahririyati direktori.
Muallifning eng so‘ngi maqolalari
Yangiliklar
Vazirlik o‘qituvchilarga “Canva” uchun 20 million dollar to‘ladimi?
Hozirgi kunda “Canva”ning oddiy, bepul versiyasi cheklangan imkoniyatlar bilan foydalanuvchilarga taqdim etilib kelinadi. Ammo, dunyoda hech qaysi IT kompaniya 6,5 million auditoriyalik 10 000 dan ziyod maktabga, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarga, 3 yil davomida to‘liq imkoniyatlarni shunchaki “tekin” taqdim etmaydi.
Yangiliklar
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
2026-yilda 677 907 nafar abituriyent davlat oliygohlarida o‘qish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bu 2020-yildagi raqamlardan deyarli ikki barobar kam.
Ta'lim siyosati
SSV jaziramadan ogohlantirmoqda, maktablarda esa “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda
SSV yosh bolalar ham issiqlik ta’siriga nisbatan zaif hisoblanishini ta’kidlab, salqin joyda bo‘lish, yetarli suv ichish kerakligini aytmoqda. Biroq barcha hududlarida maktablar faoliyati to‘xtatilmay, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
Yangiliklar
Issiq ob-havo tufayli Qoraqalpog‘istonda bog‘chalar yopilmoqda
Qoraqalpog‘istonning ayrim shahar va tuman hokimlari qaroriga muvofiq ba’zi hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
O'zbek