O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Toshkent viloyati, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.N ning murojaati kelib tushgan.
Murojaatda Zangiota tumanida joylashgan ta’lim muassasasida maktab direktori hamda ayrim pedagoglar tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish (daraxt oqlash, yer sug‘orish, qor kurash kabi) holatlariga yo‘l qo‘yilganligi bildirilib, mas’ullarga chora ko‘rish so‘ralgan.
Shundan so‘ng, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarga go‘yoki tarbiyaviy jazo chorasi deb majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan.
Ushbu qonunbuzarlik holati yuzasidan maktab ma’muriyatiga nisbatan MJTK ning 51-moddasi 1-qismi bilan (mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 20 mln 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Aholini ro‘yxatga olishga jalb qilingan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlarni aholini ro‘yxatga olish ishlarga jalb qilinayotganligi, xususan sinf rahbarlariga har bir o‘quvchining ota-onalarini ro‘yxatdan o‘tkazib, sertifikat olib berishi to‘g‘risida topshiriqlar berilganligi haqida xabarlar e’lon qilib borilmoqda.
Ta'lim siyosati
O‘qituvchilar navbatchiligi yoxud qonunga kiritilmay qolgan norma
Pedagoglar navbatchiligi masalasi vaqti-vaqti bilan muhokamalarga sabab bo‘ladigan mavzulardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar
Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Sirdaryo hokimi bunda direktor bilan birga majburiy mehnatga rozi bo‘lgan o‘qituvchi ham ishdan olinishini aytdi.
Yangiliklar
Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi
Respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida “Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi” e’lon qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang