Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi

Bugun, 15-avgust sanasidan boshlab, butun Respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida “Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi” e’lon qilindi. Haftalik doirasida mehnat inspeksiyasi barcha ta’lim muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda o‘qituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari bo‘yicha e’lon qilinayotgan xabarlar fuqarolarning mehnat huquqlari daxlsizligi xavf ostidaligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ga yaqin o‘qituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari tasdig‘ini topib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan.
Tegishli vazirlik va idoralarga qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Bugundan boshlanadigan haftalik doirasida nafaqat ish beruvchilar, balki, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan ham javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qituvchilarni maktab “remontiga” jalb qilgan direktor ishdan bo‘shatilib, unga 41,2 mln so‘m jarima solingandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi

Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi

Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Sirdaryo hokimi bunda direktor bilan birga majburiy mehnatga rozi bo‘lgan o‘qituvchi ham ishdan olinishini aytdi.

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyada bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi.

O'qituvchilar yana paxta dalasiga qaytmoqda...mi?
Ota-onalarni paxta yig‘im-terimiga jalb qilish uchun pedagoglarga topshiriqlar berilmoqda

Kaltak qachongacha maktab direktorlari boshida sinadi?
Maktab direktorlarini jarimaga tortish holatlari ko'paymoqda
Izohingizni tahrirlang