O‘qituvchilarni maktab “remontiga” jalb qilgan direktor ishdan bo‘shatilib, unga 41,2 mln so‘m jarima solindi
Joriy yilning 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabida hasharmi?” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Muhokamalarga sabab bo‘lgan videotasvirlardagi holat joriy yilning 2-avgust kuni sodir etilgan bo‘lib, unda bir guruh pedagoglar tomonidan hashar jarayonlari amalga oshirilayotganligi aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab direktori tomonidan o‘qituvchilar dars soatlari kam ajratilishi bilan qo‘rqitilib, ta’mirlash ishlariga majburiy chiqarilgan.
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani ta’kidlansa-da, o‘qituvchilarning o‘z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmaganligi sababli maktab direktori Z.M egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan joriy yil 4-avgust kuni o‘rganish o‘tkazilib, holat tasdiqlangan.
Shundan so‘ng, maktab direktori Z.Mamajonovaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.
Ma’lumot uchun: Marhamat tumani “Yangi hayot” Mahalla fuqarolar yig‘ini o‘ramida joylashgan 42-umumta’lim maktabi 1982-yilda qurilib, 2005-yilda joriy ta’mirlangan.
Maktab 2023-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 200 millionlik qiymatga ega eshik va romlar bilan ta’mirlangan. 2024-yilgi mavsumda 1 milliard 300 million so‘m mablag‘lar yutib olinib, sport maydoni qurilgan va maktabning old qismi zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan.
Hozirda maktabda jami 1 ming 236 nafar o‘quvchilarga 74 nafar malakali pedagoglar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik o‘qituvchilarga “Canva” uchun 20 million dollar to‘ladimi?
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
Jazirama issiqdan xodimlarni himoya qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar aytildi
Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish ishi: 11 nafar ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
So'ragan edingiz
O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
Bitiruvchilarning 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmagan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang