Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Xususan, voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Mazkur norma ota-onalar, transport vositasi egalari va boshqa shaxslarning bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berishining oldini olishga qaratilgan.
Shuningdek, qonun loyihasida noqonuniy poygalarni tashkil etish yoki ularda ishtirok etish, yuk transport vositalarini tungi vaqtda yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavf tug‘diradigan holatda to‘xtatib qo‘yish hamda belgilangan tezlikni soatiga 80 kilometrdan ortiq oshirish kabi huquqbuzarliklar uchun ham alohida ma’muriy javobgarlik choralarini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bu huquqdan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan "yo‘l bezoriligi" uchun amaldagi jazolarga qo‘shimcha ravishda transport vositasini musodara qilish yoki vaqtincha olib qo‘yish kabi ta’sirchan huquqiy mexanizmlar qo‘llanishi taklif etilgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilinib, fraksiya a’zolari uni qo‘llab-quvvatladi. Hujjat belgilangan tartibda parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
So'ragan edingiz
O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
Bitiruvchilarning 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang