“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Asaka tumanidagi 14-maktab o‘quvchilari “Andijon polkasi” tadbiridan qaytayotgan vaqtda YTHga uchragan. Hodisa oqibatida bir nafar o‘quvchi vafot etgan, qolganlari esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Voqea o‘quvchilar tadbirdan qaytayotganida emas, unga borayotganida yuz bergan. Holat yuzasidan Andijon viloyati YHXB axborot xizmati bergan ma’lumotda keltirilishicha, YTH 23-iyun kuni sodir bo‘lgan.
Asaka tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan Andijon shahrida o‘tkaziladigan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun borib-keladigan o‘quvchilarga alohida avtobus ajratilgan.
Ammo bir guruh o‘quvchi o‘zboshimchalik bilan Damas avtomobilida ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lda avtomobil “ZIL” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. O‘quvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, ulardan bir nafari vafot etgan.
Qolgan o‘quvchilarning holati yaxshi, deyiladi rasmiy axborotda. Qo‘shimcha qilinishicha, voqea yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchilari surishtiruv olib bormoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi bog‘chalardagi o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar 5+1 dasturi asosida oliygohda o‘qishi mumkin
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Oliygoh bitiruvchilari sifati indeksida ta’lim yo‘nalishi yetakchi uchlikdan joy oldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Yangiliklar
O‘quvchi boshqargan avtomobil halokatga uchrab, ikki nafar o‘quvchi vafot etdi
Sirdaryoda uch nafar o‘smir bo‘lgan “Lacetti” zovurga tushib, yonib ketdi. Ularning ikki nafari halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Avtomobilni 15 yoshli bola otasidan beruxsat haydab ketgan.
Yangiliklar
Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Maktabining ikki nafar 8-sinf o‘quvchisi 1 million so‘m evaziga Spark rusumli transport vositasini ijaraga olib, uni boshqarib ketayotgan vaqtida beton to‘siqqa borib urildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang