Top.Mail.Ru
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

13:57 / 12.11.2026 32

Raximov Madamin Umarovich Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. M.Raximov ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida ishlagan.


So‘nggi yillarda Toshkent shahar hokimligida faoliyat olib borgan. Ushbu tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.


Ma’lumot uchun: Hozirga qadar ushbu lavozimda Burxonov Shukur Burxanovich ishlab kelayotgandi. U 2025-yil 19-iyul kuni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. Uning qaysi lavozimga tayinlangani haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Tayinlov

Ulashish