O‘quvchi boshqargan avtomobil halokatga uchrab, ikki nafar o‘quvchi vafot etdi
Sirdaryoda uch nafar o‘smir bo‘lgan “Lacetti” zovurga tushib, yonib ketdi. Ularning ikki nafari halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Avtomobilni 15 yoshli bola otasidan beruxsat haydab ketgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 19-sentyabr kuni soat 22:00lar atrofida Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 20V036 avtomobil yo‘lining “Sholikor-Sirdaryo” yo‘nalishini 1-km/da, 2010 y.t, voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinani (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib ketishi natijasida YTH sodir etgan.
YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar boshqarmasi barcha ota-onalardan voyaga yetmagan, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan farzandlarini avtomashina boshqarishlariga sharoit yaratib bermasliklarini so‘ragan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang