Top.Mail.Ru
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi

Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi

12:33 / 13.11.2026 12

Davlat maktablari hududida joylashgan bog‘lar va yashil maydonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF–242-son farmonida belgilangan.


Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida davlat ta’lim muassasalari hududidagi yashil maydonlarni saqlab qolish bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilmoqda.


Buning uchun 2027-yil 20-yanvargacha davlat maktablari hududida joylashgan, ularning balansidagi bog‘lar va yer maydonlarini xususiylashtirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.


Mazkur tashabbus, avvalo, maktablar hududidagi mavjud bog‘lar va yashil maydonlarning saqlanishini ta’minlash, ularning xususiylashtirilishi yoki boshqa maqsadlarda foydalanilishining oldini olishga qaratilgan.


Farmon bilan ushbu taqiqni qonunchilikda mustahkamlash uchun qonun loyihasini tayyorlash vazifasi belgilangan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Xususiy sektor

Ulashish