Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Davlat maktablari hududida joylashgan bog‘lar va yashil maydonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF–242-son farmonida belgilangan.
Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida davlat ta’lim muassasalari hududidagi yashil maydonlarni saqlab qolish bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Buning uchun 2027-yil 20-yanvargacha davlat maktablari hududida joylashgan, ularning balansidagi bog‘lar va yer maydonlarini xususiylashtirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Mazkur tashabbus, avvalo, maktablar hududidagi mavjud bog‘lar va yashil maydonlarning saqlanishini ta’minlash, ularning xususiylashtirilishi yoki boshqa maqsadlarda foydalanilishining oldini olishga qaratilgan.
Farmon bilan ushbu taqiqni qonunchilikda mustahkamlash uchun qonun loyihasini tayyorlash vazifasi belgilangan.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov bilan to‘liq qamrab olinadi, 10 ta oliygoh Top-1000 ga kiritiladi — prezident farmoni
Тематические новости
Новости
Xususiy maktab va universitetlarda ichki ishlar inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash va talabalar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Политика образования
Xususiy maktab ochish uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinadi
Endilikda, O‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan quyidagi 52 ta tumanda xususiy sektor ulushini oshirish uchun yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etiladi.
Новости
Xususiy ta’lim tashkilotlari “xavf darajasi” bo‘yicha baholanadi
Faoliyatida muammo kuzatilmagan, shikoyatlar kam yoki umuman bo‘lmagan, barcha talablarni bajarayotgan xususiy ta'lim tashkiloti past xavf toifasiga tushadi va unda tekshiruv o‘tkazilmaydi. Biroq, tizim biror maktabni “yuqori xavfli” deb baholagani uning avtomatik ravishda jazolanishini anglatmaydi.
Интервью
“Tanaffus” 6-son
“Tanaffus” podkastining ushbu soni O‘zbekistondagi xususiy va davlat ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili bo‘lib, suhbat davomida xususiy ta’limning roli, uning oldida turgan qiyinchiliklar, afzalliklari va jamiyatdagi roli chuqur muhokama qilindi.
Русский
Редактировать комментарий