Top.Mail.Ru
Xususiy maktab ochish uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinadi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Xususiy maktab ochish uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinadi

13:18 / 30.09.2026 139

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda prezident xususiy maktablar uchun yangi imtiyozlar joriy etilishini ma’lum qildi.


Bu yil 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz ko‘p. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib bu raqam 1 millionga yetadi.  Investitsiya dasturlari doirasida har yili 180–200 ming o‘quvchi o‘rni yaratilmoqda.


Endilikda, O‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan quyidagi 52 ta tumanda xususiy sektor ulushini oshirish uchun yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etiladi:


Nukus sh., To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Shahrixon, Sh. Rashidov, Zarbdor, Paxtakor, Qarshi, Nishon, Kasbi, Ko‘kdala, Chiroqchi, Shahrisabz sh., Yakkabog‘, Navoiy sh., Zarafshon sh., Namangan sh., Kosonsoy, Namangan, Norin, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand, Urgut, Toyloq, Termiz sh., Angor, Denov, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Nurafshon sh., Zangiota, Yangiyo‘l, Buvayda, Uchko‘prik, Xiva sh., Bektemir, Yangihayot.


Xususiy maktab ochish uchun quyidagi imtiyozlar beriladi


  • xususiy maktab ochish uchun 7 yil muddatga 10 foizli imtiyozli kredit;


  • maktab ochish va jihozlashga kiritilgan mablag‘ning 15 foizi subsidiya sifatida qoplanadi (1,5 mlrd so‘mgacha);


  • binosini maktab uchun ijaraga berganlarga yer va mol-mulk solig‘idan imtiyoz.


Barcha tumanlarda:


  • bo‘sh turgan davlat binolari xususiy maktab uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi;


  • xususiy maktablarning xalqaro akkreditatsiya xarajatining 50 foizi qoplanadi;


  • farzandi xususiy maktabda o‘qiyotgan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mga oshiriladi.


Natijada ota-onalar yiliga 6–7 mln so‘m tejaydi. Soliq idoralari har oy yakunida to‘lovlarni avtomatik qaytaradigan tizim yaratadi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Частный сектор

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Xususiy ta’lim tashkilotlari “xavf darajasi” bo‘yicha baholanadi

Faoliyatida muammo kuzatilmagan, shikoyatlar kam yoki umuman bo‘lmagan, barcha talablarni bajarayotgan xususiy ta'lim tashkiloti past xavf toifasiga tushadi va unda tekshiruv o‘tkazilmaydi. Biroq, tizim biror maktabni “yuqori xavfli” deb baholagani uning avtomatik ravishda jazolanishini anglatmaydi.

15:40 / 07.07.2026
Интервью

“Tanaffus” 6-son

“Tanaffus” podkastining ushbu soni O‘zbekistondagi xususiy va davlat ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili bo‘lib, suhbat davomida xususiy ta’limning roli, uning oldida turgan qiyinchiliklar, afzalliklari va jamiyatdagi roli chuqur muhokama qilindi.

23:32 / 12.10.2025
Новости

Свободные земельные участки в школе будут предоставлены предпринимателям в бесплатное пользование на 30 лет.

На пустующих школьных землях будет разрешено строительство детских садов на основе государственно-частного партнерства. При этом арендная плата за землю с предпринимателей не взимается в течение 30 лет.

14:22 / 20.08.2025
Новости

Часть функций Министерства дошкольного и школьного образования может быть передана частному сектору.

Согласно документу, опубликованному Торгово-промышленной палатой, некоторые государственные услуги, предоставляемые в системе Министерства дошкольного и школьного образования, будут поэтапно перенаправлены в частный сектор.

14:00 / 16.05.2025