Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi PQ–379-son qarori bilan Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgandi.
Ta’lim va ilm-fan vazirining tegishli buyrug‘i bilan Muxtorova Aziza Erkinovna - Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u faoliyati tugatilgan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Aziza Muxtorova 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat, 2006-yilda esa magistratura bosqichini xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2018-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olib, psixolog mutaxassisligini egallagan.
2023-yilda “Pedagog-psixologlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Mehnat faoliyatini 2018-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazida psixolog mutaxassisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Psixofiziologiya laboratoriyasida yetakchi va bosh ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-yildan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Psixologik xizmat va targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2024-yilda rektor maslahatchisi, 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar esa Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Aziza Muxtorova ilmiy faoliyati davomida pedagogik psixologiya, psixologik xizmat, pedagog-psixologlarni kasbiy tayyorlash hamda bolalarning emotsional-kognitiv rivojlanishi yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning 22 ta ilmiy ishi, jumladan, monografiya, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari, ilmiy maqola hamda tezislari chop etilgan.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Тематические новости
Назночение
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Назночение
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Назночение
MMTVning sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Назночение
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Русский
Редактировать комментарий