Top.Mail.Ru
Законы об образовании

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

line

Вы спросили

Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi? You asked

Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandiga ko‘ra, fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik birlashma rahbarlariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 10 foiz miqdorida har oylik ustama belgilanishi mumkin.

11:43 / 27.10.2026
O‘qituvchida yillik ish reja bo‘lmagani uchun unga hayfsan berilishi to‘g‘rimi? You asked

O‘qituvchida yillik ish reja bo‘lmagani uchun unga hayfsan berilishi to‘g‘rimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli farmoni 4-bandiga muvofiq 2023-yil 1-sentabrdan boshlab tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilingan.

11:03 / 21.10.2026
Xususiy maktabda ishlaydigan pedagog farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi? You asked

Xususiy maktabda ishlaydigan pedagog farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi?

Ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.

13:55 / 19.10.2026
O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi? You asked

O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi?

MMTVning 334-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, ayrim asosli holatlarda pedagogga doimiy yoki vaqtincha yashash hududidan boshqa hududda test topshirishga ruxsat berilishi mumkin.

17:47 / 18.10.2026