Top.Mail.Ru
Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi

13:32 / 16.11.2026 232

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimi takomillashtiriladi. Buning uchun maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.


Prezidentning 2026-yil 12-noyabrdagi PQ–395-son qarori bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkum ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish belgilandi.


Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi hamda 42-son manzil-koloniyada uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Ona va bola markazi” maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.


Mazkur tashkilotlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzurida tashkil etilib, davlat ta’lim-tarbiya muassasasi hisoblanadi.


Yangi tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xodimlar shtati Bolalar uylari uchun belgilangan namunaviy shtat normativlariga muvofiq shakllantiriladi.


Xodimlar Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi. Ushbu tashkilotlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shtat birliklari Davlat budjeti hisobidan ajratiladi.


Shuningdek, maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan shartlar asosida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lanadi. 


Bundan tashqari, barcha xodimlarga lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga nisbatan har oyda 100 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi.


Yangi tashkil etiladigan markazlar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniyadagi zarur shart-sharoitlarga ega bino-inshootlardan tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.


Guruhlarda ko‘pi bilan 5 nafargacha bola tarbiyalanadi


Qarorda maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratiladigan sharoitlar ham aniq belgilangan. Jumladan, ularda 5 nafargacha bolani qamrab oladigan kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar tashkil etiladi.


Tarbiyalanuvchilarning yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.


Shuningdek, bolalar jazoni ijro etish koloniyalari tomonidan Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun qonunchilikda belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi.


Ta’lim va tarbiyaviy ishlar Bolalar uylari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi. 2027-yil 1-apreldan boshlab esa Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tasdiqlangan bolalarni rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.


Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning o‘z vaqtida davolanishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi ta’minlanadi.


Mahkum ayollar uch yoshga to‘lmagan farzandlari bilan birga qolishi mumkin bo‘ladi


Endilikda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 132-moddasida belgilangan huquqlarni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish maqsadida maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirilgan mahkum ayollarga ishdan bo‘sh vaqtida, shu jumladan, tunda uch yoshga to‘lmagan bolalari bilan birga qolishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.


Bu orqali mahkuma ayollarning qonunchilikda belgilangan onalik huquqlarini amalga oshirishi hamda bolalarning ona mehridan uzilmagan holda voyaga yetishi uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.


Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bolalar va onalar uchun yaratilgan sharoitlar monitoring qilinadi. Zarur hollarda bolalarni vasiylik yoki boshqa muqobil joylashtirish shakllariga o‘tkazish choralari belgilanadi.


2026-yilda ushbu tashkilotlar xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar Ta’lim va ilm-fan vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.


Bolalar ta’minoti va boshqa xarajatlar esa Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.


2027-yildan boshlab esa tegishli xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.


Qaror ijrosini ta’minlash doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga 2027-yil 1-aprelga qadar maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni rivojlantirish dasturi hamda guruh xonalarini jihozlash talablarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.


Endilikda, Ta’lim va ilm-fan vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi lozim.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Дошкольное образование

Поделиться

line

Тематические новости

Дошкольное образование

“Xususiy bog‘chalarning nomini o‘zbekchalashtirish kerak” — Sherzodxon Qudratxo‘ja

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja xususiy bog‘chalarning nomini o‘zbekchalashtirish va ularda o‘tkaziladigan bayramlar uchun ssenariylar yozib berishni taklif qildi.

11:07 / 16.11.2026
Дошкольное образование

Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi

Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.

15:49 / 30.09.2026
Дошкольное образование

Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.

09:00 / 30.08.2026
Новости

Bog‘cha xodimlarining oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qishi bo‘yicha tartib belgilanmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.

12:50 / 03.08.2026