Xususiy maktab ochish uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinadi
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda prezident xususiy maktablar uchun yangi imtiyozlar joriy etilishini ma’lum qildi.
Bu yil 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz ko‘p. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib bu raqam 1 millionga yetadi. Investitsiya dasturlari doirasida har yili 180–200 ming o‘quvchi o‘rni yaratilmoqda.
Endilikda, o‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan quyidagi 52 ta tumanda xususiy sektor ulushini oshirish uchun yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etiladi:
Nukus sh., To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Shahrixon, Sh. Rashidov, Zarbdor, Paxtakor, Qarshi, Nishon, Kasbi, Ko‘kdala, Chiroqchi, Shahrisabz sh., Yakkabog‘, Navoiy sh., Zarafshon sh., Namangan sh., Kosonsoy, Namangan, Norin, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand, Urgut, Toyloq, Termiz sh., Angor, Denov, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Nurafshon sh., Zangiota, Yangiyo‘l, Buvayda, Uchko‘prik, Xiva sh., Bektemir, Yangihayot.
Xususiy maktab ochish uchun quyidagi imtiyozlar beriladi
- xususiy maktab ochish uchun 7 yil muddatga 10 foizli imtiyozli kredit;
- maktab ochish va jihozlashga kiritilgan mablag‘ning 15 foizi subsidiya sifatida qoplanadi (1,5 mlrd so‘mgacha);
- binosini maktab uchun ijaraga berganlarga yer va mol-mulk solig‘idan imtiyoz.
Barcha tumanlarda:
- bo‘sh turgan davlat binolari xususiy maktab uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi;
- xususiy maktablarning xalqaro akkreditatsiya xarajatining 50 foizi qoplanadi;
- farzandi xususiy maktabda o‘qiyotgan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mga oshiriladi.
Natijada ota-onalar yiliga 6–7 mln so‘m tejaydi. Soliq idoralari har oy yakunida to‘lovlarni avtomatik qaytaradigan tizim yaratadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi
Xususiy maktab ochish uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Xususiy ta’lim tashkilotlari “xavf darajasi” bo‘yicha baholanadi
Faoliyatida muammo kuzatilmagan, shikoyatlar kam yoki umuman bo‘lmagan, barcha talablarni bajarayotgan xususiy ta'lim tashkiloti past xavf toifasiga tushadi va unda tekshiruv o‘tkazilmaydi. Biroq, tizim biror maktabni “yuqori xavfli” deb baholagani uning avtomatik ravishda jazolanishini anglatmaydi.
Intervyu
“Tanaffus” #6
“Tanaffus” podkastining ushbu soni O‘zbekistondagi xususiy va davlat ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili bo‘lib, suhbat davomida xususiy ta’limning roli, uning oldida turgan qiyinchiliklar, afzalliklari va jamiyatdagi roli chuqur muhokama qilindi.
Yangiliklar
Maktabdagi bo‘sh yerlar bog‘cha qurmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga 30 yilga bepul foydalanishga beriladi
Maktablarning bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi. Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin
Savdo-sanoat palatasi tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bajarib kelinayotgan ayrim davlat xizmatlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga yo‘naltiriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang