“Tanaffus” #6

Ta’lim tizimida o‘qituvchi maqomi, uning jamiyatdagi nufuzi va hayotdagi o‘rni haqida gap ketganda, biz ko‘pincha raqamlar, islohotlar yoki yangi dasturlarni tilga olamiz. Ammo “Tanaffus” podkastining navbatdagi, 6-soni bu mavzuga boshqacha nigoh bilan qaradi.
“Tanaffus” podkastining ushbu soni O‘zbekistondagi xususiy va davlat ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili bo‘lib, suhbat davomida xususiy ta’limning roli, uning oldida turgan qiyinchiliklar, afzalliklari va jamiyatdagi roli chuqur muhokama qilindi.
Davlat ta’lim muassasalarida 6,5 milliondan ortiq o‘quvchi va 10 mingdan ortiq maktabni qamrab olgani sababli bu yukni davlat gardanida sifatli tashib yura olmayapti. Shu nuqtayi nazardan, xususiy maktablar to‘lovga qodir aholi qatlamiga xizmat ko‘rsatib, davlatga nisbatan bosimni kamaytirmoqda.
Oliy ta’limdan farqli o‘laroq, hukumat xususiy maktablarni raqobatchi sifatida ko‘rmaydi, aksincha, tizimli ehtiyojni qondirishdagi yordamchi sifatida qo‘llab-quvvatlaydi. Belgilangan standartlarga rioya qilinsa, ularning ichki boshqaruviga deyarli aralashmaydi.
Bu ikki tizim o‘rtasida jiddiy moliyaviy farq mavjud. Xususiy maktab bir o‘quvchi uchun yiliga o‘rtacha 50 million so‘m sarflasa, davlat maktablarida bu ko‘rsatkich atigi (rejada) 8 million so‘mni tashkil etadi.
Suhbat davomida ota-onalar xususiy maktabni faqat yaxshi sharoit uchun tanlaydi, degan noto‘g‘ri qarashga ham e’tibor qaratildi. Garchi qulaylik (ovqatlanish, tozalik, shinamlik) muhim bo‘lsa-da, bugungi kunda to‘lov qilayotgan ota-onalar yuqori sifatli ta’limni ham talab qilmoqda. Yaxshi maktab tushunchasi endi faqat universitetga kirish ko‘rsatkichlari bilan cheklanmay, balki shaxsiy o‘sishni ta’minlaydigan har tomonlama rivojlantiruvchi, xavfsiz va qulay muhitni ham o‘z ichiga olmoqda.
Suhbatdosh, Profi School xususiy maktabi direktori Xurshid Shavkatbekovich davlat tizimidagi “toifa” va sertifikatlash tizimini keskin tanqid qildi. U Buxorodan kelgan, 25 yillik tajribaga ega, ammo oddiy ingliz tilida so‘zlasha olmagan ingliz tili o‘qituvchisi haqidagi voqeani misol keltiradi. Shuning uchun xususiy maktablar rasmiy hujjatlarga emas, balki o‘qituvchining amaliy kompetensiyasi, muloqot qobiliyati va o‘z fanini puxta bilishiga ustuvorlik berayotgani ta’kidlandi.
“Tanaffus” podkastining ushbu sonida maktab rahbarlari faoliyati ham alohida tahlil qilindi. Xususan, davlat maktabi direktorlarining aksariyati (80-90%) “diktatorlik rejimi”da ishlashi ham tanqid ostiga olindi. Bu uslub jamoada qo‘rquv va tashabbussizlik muhitini vujudga keltirib, rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. SHu sababli, suhbat davomida zamonaviy direktor qanday bo‘lishi kerak, degan savol ham o‘rtaga tashlandi.
Umuman olganda, ko‘rsatuv davomida O‘zbekistonda xususiy ta’lim bozoridagi jiddiy o‘zgarishlar tahlil qilindi. Unda an’anaviy repetitorlik markazlarining davri o‘tib, ularning o‘rnini umumiy ta’lim va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni o‘zida mujassam etgan xususiy maktablar egallayotgani ta’kidlanadi.
“Profi Education” kompaniyasining o‘z vaqtida biznes modelini o‘zgartirgani ushbu tendensiyaning amaliy isboti sifatida keltirilib, bozor o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va o‘z vaqtida strategik qarorlar qabul qilishning biznes uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.
Suhbatning to‘liq qismini YouTube sahifamizda tomosha qiling. Podkastni ko‘rish.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi

Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabdagi bo‘sh yerlar bog‘cha qurmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga 30 yilga bepul foydalanishga beriladi
Maktablarning bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi. Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin
Savdo-sanoat palatasi tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bajarib kelinayotgan ayrim davlat xizmatlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga yo‘naltiriladi.
Izohingizni tahrirlang