Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
12:16 / 10.03.2026
2.13k
Joriy yilning 8-mart kungi sud qaroriga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro N.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yib, qo‘shnilarining bergan tanbehiga do‘q po‘pisa bilan javob qaytargan ota besh sutkaga qamaldi.
Joriy yilning 8-mart kungi sud qaroriga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro N.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Bunga uning voyaga yetmagan o‘g‘illari Hasan va Husanning mahalla ko‘chasida avtomashinani doimiy ravishda yuqori tezlikda haydab, aholi tinchligini buzgani va qo‘shnilar bilan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Mahalla aholisining so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlar ota-onasi va qarindoshlariga tegishli bo‘lgan turli davlat raqamli mashinalarni haydab yurishgan. Bu esa mahallada o‘ynayotgan bolalar va keksalar uchun jiddiy xavf tug‘dirgan.
“Yuzga qo‘yib yuradi, mana bu katta, kichkina ko‘chalarning ichida ham. Men o‘zim bir marta [katta tezlikda] bosib o‘tganda mahalla komissiyasiga aytdim,” — dedi mahallada yashovchi fuqarolardan biri.Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-mart kuni soat 21:00 atrofida N.Aning qo‘shnilari ushbu holatni tinch yo‘l bilan muhokama qilish maqsadida uing uyi oldiga kelgan. Biroq, guvohlarning aytishicha, ota farzandlarini himoya qilib, qo‘shni ayolni haqoratlagan va baland ovozda baqirgan.
“Kimsanlar? E, san qisgin-a? Erkak bo‘lsang, ayollarni aralashtirmaysan, “musr”! Tushundingmi? Erkak bo‘lsang!” — deya baqirgan ota.
Mahalladagi janjal yuzasidan 102 raqamiga murojaat qilingach, voqea joyiga ichki ishlar xodimlari yetib kelib, surishtiruv harakatlarini amalga oshirgan. Natijada sud qarori bilan ota ma’muriy qamoqqa olingan, voyaga yetmaganlar tomonidan boshqarilgan transport vositasi esa jarima maydoniga joylashtirilgan. Voqeadan so‘ng fuqaro N.A o‘z qilmishidan afsusda ekanligini bildirib, xalqdan uzr so‘radi.
“Xalqimizdan, prezidentimizdan, shu o‘g‘illarim qilgan ishi uchun uzr so‘rayman. O‘g‘illarimni nazorat qilib, o‘zim tartibga solaman, qattiq nazorat qilaman.
Avval ham ularning mashina minishiga qarshi bo‘lganman, bundan buyog‘iga ham yana qattiqroq nazorat qilishga va’da beraman. Mashina minishini umuman taqiqlayman, mashinaga o‘tirmaydigan qilishga va’da beraman”, — degan mazmunda uzr so‘ragan u.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
23:13 / 12.08.2026
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
01:17 / 11.08.2026
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
11:09 / 09.08.2026
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
10:46 / 08.08.2026
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
15:54 / 04.08.2026
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
16:35 / 10.07.2026
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
15:00 / 09.07.2026
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
14:43 / 25.06.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang