Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
12:16 / 10.03.2026
2.75k
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yib, qo‘shnilarining bergan tanbehiga do‘q po‘pisa bilan javob qaytargan ota besh sutkaga qamaldi.
Joriy yilning 8-mart kungi sud qaroriga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Nozim Azizovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Bunga uning voyaga yetmagan o‘g‘illari Hasan va Husanning mahalla ko‘chasida avtomashinani doimiy ravishda yuqori tezlikda haydab, aholi tinchligini buzgani va qo‘shnilar bilan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Mahalla aholisining so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlar ota-onasi va qarindoshlariga tegishli bo‘lgan turli davlat raqamli mashinalarni haydab yurishgan. Bu esa mahallada o‘ynayotgan bolalar va keksalar uchun jiddiy xavf tug‘dirgan.
“Yuzga qo‘yib yuradi, mana bu katta, kichkina ko‘chalarning ichida ham. Men o‘zim bir marta [katta tezlikda] bosib o‘tganda mahalla komissiyasiga aytdim,” — dedi mahallada yashovchi fuqarolardan biri.Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-mart kuni soat 21:00 atrofida Nozim Azizovning qo‘shnilari ushbu holatni tinch yo‘l bilan muhokama qilish maqsadida Azizovning uyi oldiga kelgan. Biroq, guvohlarning aytishicha, ota farzandlarini himoya qilib, qo‘shni ayolni haqoratlagan va baland ovozda baqirgan.
“Kimsanlar? E, san qisgin-a? Erkak bo‘lsang, ayollarni aralashtirmaysan, “musr”! Tushundingmi? Erkak bo‘lsang!” — deya baqirgan ota.
Mahalladagi janjal yuzasidan 102 raqamiga murojaat qilingach, voqea joyiga ichki ishlar xodimlari yetib kelib, surishtiruv harakatlarini amalga oshirgan. Natijada sud qarori bilan ota ma’muriy qamoqqa olingan, voyaga yetmaganlar tomonidan boshqarilgan transport vositasi esa jarima maydoniga joylashtirilgan. Voqeadan so‘ng fuqaro Nozim Azizov o‘z qilmishidan afsusda ekanligini bildirib, xalqdan uzr so‘radi.
“Xalqimizdan, prezidentimizdan, shu o‘g‘illarim qilgan ishi uchun uzr so‘rayman. O‘g‘illarimni nazorat qilib, o‘zim tartibga solaman, qattiq nazorat qilaman. Oldindan ham ularga mashina minishiga qarshi bo‘lganman... bundan buyog‘iga ham yana qattiqroq nazorat qilib... va’da beraman. Mashina minishini umuman taqiqlayman, mashinaga o‘tirmaydigan qilishga va’da beraman”, — degan u.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
13:13 / 02.11.2026
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
11:50 / 31.10.2026
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
17:10 / 29.10.2026
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
17:23 / 28.10.2026
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Тематические новости
Новости
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.
15:15 / 08.10.2026
Новости
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
15:54 / 04.08.2026
Новости
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
16:35 / 10.07.2026
Новости
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
15:00 / 09.07.2026
Русский
Редактировать комментарий