Top.Mail.Ru
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi

16:35 / 10.07.2026 1.87k

Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holatdan so‘ng, maslahatchiga besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar bergandik.


Holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Kelajak” markazi rasmiy munosabat bildirib, maktab  maslahatchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishini ma’lum qildi.


Ma’lum qilinishicha, mazkur xodim 5 yil mobaynida, xususan, Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida bir necha yil turli lavozimlarda faoliyat yuritgan va 2026-yilning mart oyida maktab maslahatchisi boʻlib ish boshlagan.


Voqea sodir boʻlgach, maktab ma’muriyati tomonidan maktab maslahatchisi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq tayyorlangan, lekin xodim mehnatga layoqatsizlik varaqasini ochtirgani sababli buyruq bekor qilingan. Hozirda maktab maslahatchisini lavozimidan ozod qilish bilan bogʻliq jarayonlar yakunlanish bosqichida.


Voqea yuzasidan Sirdaryo viloyati “Kelajak” markazi direktori tomonidan hududiy va Shirin shahar “Kelajak” markazlari mas’ullari, Shirin shahar 3-sonli umumta’lim maktabi direktori, o‘quvchi hamda uning qonuniy vakili ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, tushuntirish ishlari ham olib borilgan.


Undan tashqari respublikaning barcha hududlarida maktab maslahatchilari bilan axloqiy-ma’rifiy masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazilmoqda.


 “Kelajak” markazlari oʻquvchilarga nisbatan pedagog-kadrlar yoki boshqa mas’ul lavozim egalari tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday axloqqa zid, noqonuniy yoki nomunosib xatti-harakatlarni keskin qoralaydi va bunday holatlar yuz berganda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda chora koʻrilishi tarafdori", - deyiladi “Kelajak” markazi rasmiy bayonotida.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Подотчетность
  • Советник школы

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.

15:15 / 08.10.2026
You asked

Министерство дало официальное разъяснение по вопросу предоставления учебных часов школьному советнику

Можно ли выделять учебные часы сотрудникам, работающим на недавно введённой в школах должности школьного советника? По данному вопросу Министерство дошкольного и школьного образования дало официальное разъяснение.

18:08 / 05.09.2026
Новости

Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

15:54 / 04.08.2026
You asked

Tavsiyanoma olgan maktab maslahatchilari nega ishga kirolmayapti? Qanday yechimlar bor?

Ayni vaqtda Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlashlari kerak edi. Ammo, kichik muammo kelib chiqdi. Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlov pedagog va rahbar xodimlarning mehnat ta’tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi.

20:26 / 27.07.2026