Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Bukun” information dasturida xabar berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab maslahatchisi 16 yoshli o‘quvchiga go‘yoki maktabning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini yuritishni bahona qilib, tungi vaqtda ishqiy mazmundagi xabarlar yozgan. Biroq, sud majlisida u o‘z qilmishini tan olmagan va taqdim etilgan dalillarni ham inkor etishga uringan.
“O‘quvchi bilan hech qanaqa munosabatim bo‘lmagan. O‘quvchiga sevgi izhor qilgan ekansiz, deyishyapti. To‘g‘risi, bu yerda anglashilmovchilik bo‘lyapti. Men hech qachon hech qanaqa qiz bilan sevishmaganman. Mening o‘zimning, uch nafar farzandim bor” — degan huquqbuzar.
Sudda o‘quvchi qizning onasi uning qonuniy vakili sifatida ishtirok etib, ta’lim va tarbiya dargohida bunday xodimlarga o‘rin bo‘lmasligini aytgan va pedagogga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Tegishli dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalari ostida qilgan ishi huquqbuzarlik ekanligini kech bo‘lsa-da tushunib yetgan maktab maslahatchisi sud majlisida o‘quvchi qiz hamda uning oila a’zolaridan kechirim so‘ragan.
Aniqlanishicha, maktab maslahatchisi 10-sinf o‘quvchisiga nisbatan tungi soat 1:00 larda Telegram messenjeri orqali SMSlar yuborgan, jabrlanuvchi javob bermagach, unga qo‘ng‘iroq qilib, ko‘chaga chiqishni taklif qilgan va u bilan uchrashish istagini bildirib, shahvoniy tusdagi huquqbuzarlikni sodir etgan.
Sud unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-prim-1 moddasining birinchi qismi bilan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bundan tashqari, sud mazkur holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga taqdimnoma chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishni lozim topgan.
Комментарии 1
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Тематические новости
Новости
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.
You asked
Министерство дало официальное разъяснение по вопросу предоставления учебных часов школьному советнику
Можно ли выделять учебные часы сотрудникам, работающим на недавно введённой в школах должности школьного советника? По данному вопросу Министерство дошкольного и школьного образования дало официальное разъяснение.
Новости
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
You asked
Tavsiyanoma olgan maktab maslahatchilari nega ishga kirolmayapti? Qanday yechimlar bor?
Ayni vaqtda Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlashlari kerak edi. Ammo, kichik muammo kelib chiqdi. Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlov pedagog va rahbar xodimlarning mehnat ta’tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi.
Русский
Редактировать комментарий