Top.Mail.Ru
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsliklar vazni 300 grammdan oshmasligi kerak

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsliklar vazni 300 grammdan oshmasligi kerak

17:11 / 09.08.2024 717

Hukumatning tegishli qarori bilan “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti” tasdiqlangan.


Unga ko‘ra nashr vazni darsliklar uchun:


  • 1-4-sinflar uchun — 300 grammdan;


  • 5-6-sinflar uchun — 400 grammdan;


  • 7-9-sinflar uchun — 500 grammdan;


  • 10-11-sinflar uchun esa — 600 grammdan oshmasligi kerak.


Shuningdek, 1-4-sinflar uchun adabiyotlarda rangli bo‘yoqlar, shriftni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish qo‘llanilmaydi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash ham mumkin emas.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • darsliklar

Ulashish