Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
2024-yil 16-sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida 13 yoshli o‘quvchi bolg‘a bilan o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchisiga hujum qildi.
Hujum Chelyabinskdagi 68-maktabda, dars vaqtida sodir bo‘lgan. O‘quvchi bolg‘ani sumkasida olib kelgan va dars boshlanishi bilan hujumni amalga oshirgan.
Hujum oqibatida to‘rt kishi — uch nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi jarohat oldi, ulardan bir qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelib, hujum qilgan o‘quvchini to‘xtatishgan. O‘quvchi keyinchalik o‘z joniga qasd qilishga ham uringan, lekin bu amalga oshmay qolgan. Hozirda u psixiatriya klinikasiga joylashtirilgan va hujum sabablari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
"O‘quvchi bolg‘ani maktabga qanday olib kirgani katta savol. Nima uchun qo‘riqlash xizmati javob bermadi? Huquqni muhofaza qilish organlari, ta’lim vazirligi, shahar ma’muriyati, bola huquqlari bo‘yicha vakilga vaziyatni batafsil o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, barcha ta’lim tashkilotlarida tekshiruvlar o‘tkazishni topshirdi", deydi Chelyabinsk gubernatori Aleksey Teksler.
Bu hodisa Rossiyada jamoatchilik e’tiboriga tushgan va hujum "qotillikka urinish" sifatida baholangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan bola maktabdagi psixolog yordamidan foydalangan va sinfdoshlaridan ijtimoiy jihatdan ajralgan bo‘lgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.
Rus tilini bilmaydigan migrantlar farzandiga Rossiya maktablarida o‘qish taqiqlanishi mumkin
Hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilindi
Rossiyada o‘qituvchilarning mukofot pullari harbiy xarajatlarga yo‘naltirilmoqda
Bu summa 10 dan 40 ming rublgacha bo‘lishi mumkin
Rossiyadagi bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda
Bolalarning og‘zida dastlab yaralar paydo bo‘lgan
Izohingizni tahrirlang