O'quvchilari Prezident maktabiga kirgan pedagoglarga qanday imtiyozlar bor?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 32-bandiga ko‘ra Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan taqdirda “Boshlang‘ich ta’lim” yoki tegishli fan o‘qituvchilari vazir Jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan har oylik ustama olish uchun tavsiya qilinishi mumkin.
Faqat mazkur ustamaga da’vogar pedagog xodimlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tomonidan o‘tkaziladigan saralash bosqichlaridan ham o‘tib, eng yuqori ballni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.
E’tibor bering, pedagog xodimning o‘quvchilari faqat Prezident maktabiga o‘qishga qabul qilingan taqdirdagina direktor jamg‘armasidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida mukofot puli to‘lanadi.
Ya’ni, Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi yangi tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilari qabul qilinganligi uchun mukofot berilmaydi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Bu haqda Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonida nazarda tutilgan
O‘quvchilar besh tashabbus olimpiadasida o‘rin olsa, o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Buning uchun o‘qituvchiga 10 balldan - 30 ballgacha berilishi mumkin
O‘qituvchi ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, ikkisi uchun ham ustama to‘lanadimi?
Ustamalar yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi
Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
Izohingizni tahrirlang