Ministry of preschool and school education
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati hamda mas’ul xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ta’limga oid turli xil masalalar muhokama qilib boriladi.
2023-yil 2-dekabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Komilov Temurjon Kalandarovich bilan uchrashib, pedagoglarni qiynab kelayotgan ayrim muammoli masalalarni muhokama qilindi.
Uchrashuvda Xalq ta’limi Info tahririyatining vazirlik bilan o‘zaro hamkorlik masalalari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qancha loyihalar haqida ham kelishib olingan.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi Info tahririyati hamda Profi University o‘rtasida joriy yilning 28-may kuni memorandum imzolangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Boqiyev Farhod Esonovich, “Profi University” nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektori Shoumarov G‘ayrat Baxromovich hamda “Xalq ta’limi info” tahririyati direktori Po‘latov Ulug‘bek Shavkat o‘g‘li tomonidan imzolangan memorandum doirasida “Stressiz ta’lim” loyihasini amalga oshirilishi belgilangan.
Memorandum pedagog xodimlarni shaxsiy rivojlantirish, ulardagi stress darajasini tahlil qilib borish hamda ularga doimiy ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, fan va ta’lim hamkorligini ta’minlash orqali tomonlarning ilmiy salohiyati va amaliy tajribasidan birgalikda samarali foydalanish maqsadida imzolangan.