Top.Mail.Ru
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi

The website texts are translated by Google, errors possible!

Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi

16:00 / 30.12.2025 246

Sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Umarova Hilola O‘ktamovna pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildi.


U Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini yoqladi va unga Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 30-dekabr kungi soat 14:00 dagi majlisi xulosasi bilan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi.


Eslatib o‘tamiz, Hilola Umarova 2023-yil, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan davrida “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini yoqlab, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandi.

Comments 2

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • Khilola Umarova

Share