“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Davlat mehnat inspeksiyasi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, biroq B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatib bo‘lmasligini aytdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori bilan xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 daraja talabi belgilangan bo‘lsa-da, ushbu talab mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni ishdan chetlashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy asos sifatida nazarda tutilmagan.
Mehnat kodeksi talablari B2 sertifikatga ega emaslik — mehnat shartnomasining 168-moddasi asosida bekor qilishga sabab bo‘la olmaydi.
Ma’lum qilinishicha, bu holat 161-moddaga ko‘ra ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish uchun ham asos emas. MK 151-moddasining xodimni ishdan chetlashtirish asoslari ro‘yxatida ham B2 sertifikatga ega emaslik ko‘rsatilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asosan 2030-yilgacha xorijiy til o‘qituvchilarining 100 foizini B2 darajaga yetkazish — bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan maqsad bo‘lib, u jazolash yoki majburiy ishdan bo‘shatish mexanizmi emas.
Umuman olganda, B2 sertifikatga ega emaslik xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki ularni ishdan chetlashtirish uchun qonuniy asos bo‘la olmaydi.
Davlat mehnat inspeksiyasining qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham tegishli taqdimnoma kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 15-sentyabr kunidagi 340-son buyrug‘i bilan xorijiy til o‘qituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy o‘quv yilining 1-, 2-choraklari davomida) o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berilgandi.
Comments 11
Please register to comment!
News
Now school managers can increase their monthly salaries again
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
In 2025, the parents of 94,738 students who missed classes without reason were fined.
News on the topic
News
The B2 certificate issue is on the agenda again
The Ministry of Preschool and School Education invited responsible organizations in the field of labor law to discuss this topic and discussed the issue.
News
Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
B2 sertifikatga ega bo’lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy oʻquv yilining 1-, 2-choraklari davomida) oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi. Ammo...
News
An additional exam for the B2 certificate for foreign language teachers will be held in August.
The National Certificate Examinations in a Foreign Language, scheduled by the Knowledge Assessment Agency for September, October, November, and December of this year, will also be held in August.
News
"We have not issued an order to dismiss teachers who do not have a B2 certificate" - Ministry
Earlier, the Ministry of Preschool and School Education issued a strict warning to foreign language teachers about the need to obtain B2 level certificates by the 2025/2026 academic year.
English
Edit your comment