Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy til o‘qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida qat’iy ogohlantirish bergandi.
Ammo vazirlik rasmiy bayonot bilan chiqib, tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish yuzasidan rasmiy ko‘rsatma berilmaganligini ma’lum qildi.
Keyinroq, Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.
Endilikda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 15-sentyabr kunidagi “Xorijiy til o‘qituvchilarining belgilangan talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lishlariga doir zaruriy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 340-son buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy o‘quv yilining 1-, 2-choraklari davomida) o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi.
Pedagog xodimlar 2025-yil yakuniga qadar ham B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olmasa-chi, bu holatda mehnat shartnomasi bekor qilinadimi? Bu masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 15-sentyabr kungi 340-son buyrug‘ida to‘liq ma’lumot berilmagan.
Lekin fikrimizcha, 2025-yil yakuniga qadar B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olmagan pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Demak, tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglar 2025-yil yakuniga qadar (joriy o‘quv yilining 1-, 2-choraklari davomida) B2 sertifikatni olishlari kerak bo‘ladi.
Izohlar 14
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endilikda vazirining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha alohida o‘rinbosari bo‘ladi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
2026-yilda xorijlik pedagoglar soni 2000 nafarga yetkazilib, turar joy bilan ta’minlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i imzolandi.
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham tegishli taqdimnoma kiritilgan.
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikati uchun avgust oyida qo‘shimcha imtihon o‘tkaziladigan bo‘ldi
Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang