“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish haqida ko‘rsatma bermaganmiz” — vazirlik
Ma’lumki, ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu va hind tillardan dars beradigan pedagoglar xorijiy til o‘qituvchilari hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorining 9-bandida 2025/2026-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy til o‘qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida qat’iy ogohlantirish bergan.
Keyinroq hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga ham rasmiy ko‘rsatmalar berilib, maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish so‘ralgan.
Bu orada maktab direktorlari tomonidan tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirish xatlari berildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bunday holat mehnat qonunchiligiga zid ekanligi, bu bo‘yicha tushuntirish berishi haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov xati yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining B2 sertifikati yuzasidan yozgan xatiga javob yo‘llab, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlariga joriy o‘quv yilidan boshlab xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish yuzasidan rasmiy ko‘rsatma berilmaganligi ma’lum qildi.
Vazirlikning izoh berishicha, Mehnat kodeksi 10-moddasiga ko‘ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Mazkur kodeksning 19-moddasida, xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlari ekanligi belgilangan.
Shunga muvofiq, Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish bevosita yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlari o‘rtasida hal etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 23-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 312-son qarorining 9-bandiga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Shuningdek, vazirlik o‘quvchilarga sifatli ta’lim berilishi va til bilish ko‘nikmalarini lozim darajada egallashlari uchun ularga ta’lim beradigan pedagoglarning bilim darajasi (shu bilan birga til bilish darajasining asosi sifatida tegishli sertifikatga ega bo‘lishi) yetarli bo‘lishi lozimligi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida eslatib o‘tgan.
Izohlar 22
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi
Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
B2 sertifikatga ega bo’lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy oʻquv yilining 1-, 2-choraklari davomida) oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi. Ammo...
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikati uchun avgust oyida qo‘shimcha imtihon o‘tkaziladigan bo‘ldi
Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.
Yangiliklar
Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu safar masalaga yanada qat’iy yondashayotganini ko‘rishimiz mumkin.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang