Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi
Ma’lumki, ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari hisoblanadi. Ya’ni, aynan mana shu tillardan dars beradigan pedagoglar xorijiy tillar o‘qituvchilari hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorining 9-bandida 2025/2026-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy til o‘qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida qat’iy ogohlantirish bergan.
Aslida, ushbu tartib avvalroq joriy etilgan bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi aralashuvi bilan B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi ortga surilgandi.
Bu safar vazirlikning qarori qat’iymi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Daryo.uz nashriga ma’lum qilishicha, hozirgi kunda raqamlar tahlil qilinib, o‘rganib chiqilyapti. Iyul–avgust oylarida ko‘p o‘qituvchilar til sertifikati olish uchun arizalar topshirgan, javoblar sentyabrga yaqin chiqadi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab kamida B2 sertifikati bo‘lmagan chet tili o‘qituvchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Sertifikat talabi qo‘yilishi sifatli ta’limga erishish ekani bir necha bor aytilgan. Xorijiy tilda dars beruvchi o‘qituvchi chet tilini eng kamida B2, ya’ni oliy ta’limni bitirganda bakalavrga qo‘yilgan darajada bilishi kerakligi nazarda tutilmoqda.
Xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, barcha hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga vazirlik tomonidan tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilarini yana bir bor ogohlantirish bo‘yicha og‘zaki ko‘rsatma berilgan.
Shundan so‘ng, barcha hududiy boshqarmalar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga ham rasmiy ko‘rsatmalar berilib, maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish so‘ralgan.
Shuningdek, ko‘plab ta’lim muassasalari direktorlari tomonidan xorijiy til o‘qituvchilariga rasmiy ogohlantirish xatlari ham berilmoqda.
Umumiy holatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu safar masalaga yanada qat’iy yondashayotganini ko‘rishimiz mumkin. Endilikda, 2025/2026-o‘quv yiliga qadar sertifikat talabiga javob bermagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
Izohlar 44
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari hozircha maktabda ishlab turishi mumkin
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 29-sentyabrdagi 07-28-1983-sonli ko‘rsatma xatida qayd etilishicha, ayni vaqtda talab darajasidagi tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib turishlari mumkin.
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilarining B2 sertifikati mojarosi yangi bosqichga kirmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Yangiliklar
Xorijlik o‘qituvchilarga ko‘p oylik berilgani uchun mahalliy o‘qituvchilar ish tashlamoqchi
Istanbuldagi Italiya litseyida ishlovchi mahalliy va italiyalik o‘qituvchilar o‘rtasidagi maosh tafovutlari tufayli mahalliy o‘qituvchilar ish tashlashga chiqdi.
Yangiliklar
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i imzolandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang