Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi
Avvalroq, 14-oktyabr kuni matematika fanidan bo‘lib o‘tgan olimpiadada test savollari avvaldan tarqalib ketganligi haqida xabar bergandik.
Shundan so‘ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, test savollari tarqalishiga sababchi shaxslar aniqlanayotganligi hamda ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.
Agentlik matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatilganligini tasdiqlab, Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlar zimmasidagi vazifaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan hamda jarayonda adolatni ta’minlamagani oqibatida materiallar tarqalib ketgan.
“Olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa, jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari Markazning @Murojaat_FOM_bot yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi Agentlik bayonotida.
Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi.
Izohlar 16
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ta'lim siyosati
O‘zbekistondagi maktab imtihonlari xorijlik o‘qituvchilar tomonidan tanqid qilindi
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar test topshiriqlarining javoblarini doskaga yozib berib, o‘quvchilardan ularni javoblar varag‘iga ko‘chirishni so‘ragani tanqid qilindi.
Yangiliklar
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
So'ragan edingiz
Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Fan olimpiadasida o‘quvchining yetarli ball to‘play olmaganligi uchun pedagog xodimga intizomiy jazo qo‘llab bo‘lmaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang