Top.Mail.Ru
Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

14:22 / 15.10.2025 26.46k

Avvalroq, 14-oktyabr kuni matematika fanidan bo‘lib o‘tgan olimpiadada test savollari avvaldan tarqalib ketganligi haqida xabar bergandik.


Shundan so‘ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, test savollari tarqalishiga sababchi shaxslar aniqlanayotganligi hamda ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.


Agentlik matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatilganligini tasdiqlab, Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta o‘tkazilishini ma’lum qildi.


Ma’lum bo‘lishicha, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlar zimmasidagi vazifaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan hamda jarayonda adolatni ta’minlamagani oqibatida materiallar tarqalib ketgan.

“Olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa, jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari Markazning  @Murojaat_FOM_bot yoki ushbu  (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi Agentlik bayonotida.

Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi.

Izohlar 16

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • olimpiada
  • Akademik halollik

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Nega rus tili olimpiadasida rus adabiyoti savollari ham berildi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-son qaroriga muvofiq, asosiy olimpiada “Rus tili va adabiyoti” fani bo‘yicha o‘tkaziladi.

10:18 / 30.10.2026
Yangiliklar

Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida bir vaqtning o‘zida 400 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Olimpiada markazi qurib bitkazildi.

11:27 / 20.10.2026
Yangiliklar

Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi

Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.

14:23 / 30.09.2026
Yangiliklar

Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

14:49 / 27.07.2026