Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi:
- respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat;
- viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat.
Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi:
- transport xizmati;
- yashash va ovqatlantirish;
- ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);
- sayohat sug‘urtasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirilgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.
Yangiliklar
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.
Yangiliklar
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Liliya Gaynutdinovaga ushbu ko‘krak nishoni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida topshirilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang