Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Joriy yil 13-yanvar kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i imzolandi.
Mazkur buyruq bilan xorijiy til yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy shart sifatida belgilandi.
Aslida mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi tegishli qarorida belgilangandi, ammo vazirlik tomonidan xorijiy til o‘qituvchilar malaka talabiga kiritmagandi.
Endilikda, xorijiy til yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari shart bo‘ladi.
Vazir o‘rinbosari Sherzod Karimov imzolagan mazkur buyruqda aytilishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari yangi malaka tavsiflari bilan to‘liq tanishtirilishi, direktorlar tomonidan esa xodimlarni ishga qabul qilish va ularni boshqa lavozimga o‘tkazishda mazkur malaka tavsiflariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Eng asosiysi shundaki, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari malaka tavsiflariga mos kelmagan xodimlar bilan amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish choralarini ko‘rishi ham kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlik tomonidan B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga 2026-2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar imkoniyat berildi.
Izohlar 35
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Xorijlik o‘qituvchilarga ko‘p oylik berilgani uchun mahalliy o‘qituvchilar ish tashlamoqchi
Istanbuldagi Italiya litseyida ishlovchi mahalliy va italiyalik o‘qituvchilar o‘rtasidagi maosh tafovutlari tufayli mahalliy o‘qituvchilar ish tashlashga chiqdi.
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham tegishli taqdimnoma kiritilgan.
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
B2 sertifikatga ega bo’lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy oʻquv yilining 1-, 2-choraklari davomida) oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi. Ammo...
O'zbek
Izohingizni tahrirlang