Har qanday menejerlik sertifikati uchun direktor va o‘rinbosarlarga ustama to‘lanaveradimi?

Savol
2020-yil mart oyida to‘liq 144 soatli menejerlik kursini tugatib, sertifikat olgan edim. Hozirda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlayman. Menga 30 foizlik ustama to‘lanmaydi, dedilar. Shunga qanaqa asos bor? To‘lanadimi, yo‘qmi?
Javob
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.
Mazkur qaror bilan 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga 50 foiz, maktab direktori o‘rinbosarlariga 30 foiz ustama to‘lanishi belgilangan.
Ya’ni, hozirda menejerlik o‘quv kurslari “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etilmoqda.
Ko‘rib turganingizdek, direktor hamda uning o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash to‘g‘risidagi norma 2023-yil 25-dekabrda kuchga kirgan. Shu bois, o‘tgan yillar davomida yuqoridagi nizomda nazarda tutilmagan turli xil menejerlik kurslarida o‘qib, sertifikat olgan xodimlarga mazkur ustamalar to‘lanmaydi.
Birinchidan, 2023-yil 25-dekabrga qadar direktor va uning o‘rinbosarlariga menejerlik o‘quv kurslari tashkil qilinmagan. (2023-yilning 5-27-iyun kunlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan menejerlik kurslari bundan mustasno)
Ikkinchidan, direktor hamda o‘rinbosarlarga faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilgan menejerlik kurslarida o‘qib, sertifikat olgan taqdirda ustama to‘lanadi xolos.
Mazkur ustamani olish istagida bo‘lgan rahbar xodimlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida joriy qilingan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi hamda menejerlik sertifikatini olishi kerak bo‘ladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
Izohingizni tahrirlang